Bugun Özbekiston Gabon bilan öynaydi

Bugun Özbekiston Gabon bilan öynaydi

27 mart kuni futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro örtoqlik turnirida doirasida Gabonga qarşi bahs olib boradi. Uçraşuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 boşlanadi.


Toşkent mezbonligidagi xalqaro turnir doirasida Venesuela va Trinidad va Tobagoga qarşi öyin ham bölib ötadi. Uşbu bahs esa “Paxtakor” stadionida 15:00 da start olişi rejalaştirilgan.

Maʼlumot uçun, Özbekiston va Gabon terma jamoalari öz tarixida ilk bor töqnaş kelmoqda. Uşbu bahsdan söng Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 30 mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarşi maydonga çiqadi. Uşbu bahs ham “Bunyodkor” stadionida bölib ötadi.


Teglar:
×