Özbekistonda 2021 yil 20 ta xalqaro musobaqa ötkaziladi

Özbekistonda 2021 yil 20 ta xalqaro musobaqa ötkaziladi

Özbekistonda 2021 yil 20 ta xalqaro musobaqa ötkaziladi. Bu haqda Milliy olimpiya qömitasi raisi Rustam Şoabdurahmonov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan brifingda maʼlum qildi.

“Özbekiston milliy terma jamoalari sportçilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya öyinlariga jami 110 ta lizentsiya qölga kiritiş rejalaştirilmoqda. Sport federatsiyalari uyuşmalariga ştat jadvallariga birinçi marta 18 ta şifokor, 18 ta diyetolog, 17 ta massajçi va 16 ta psixolog kiritildi. Har bir tumanda 6 ta sport turi böyiça musobaqalar bölib ötadi”, deydi Rustam Şoabdurahmonov.

Taʼkidlanişiça, joriy yilda 13 ta davlatdan 17 ta sport turi böyiça 23 nafar professional murabbiy va mutaxassis taklif etiladi. Qömita raisi bölajak sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlariga ham töxtalib ötdi.

×