Özbekistonda 671 nafar haydovçi 12 balldan yuqori jarima ballini töpladi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 1 aprelidan jarima ballari tizimi joriy etilganidan beri, jami 399 269 ta fuqaroga nisbatan maʼmuriy ogohlantiriş çorasi qöllanilgan. Maʼmuriy ogohlantiriş transport vositasidan foydalaniş qoidalarini buziş, avtomobilni boşqariş vaqtida telefondan foydalaniş, monitor yoki displey orqali telekörsatuv tomoşa qiliş, töxtaş va töxtab turiş qoidalarini buziş, majburiy suğurta töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya qilmaslik, şuningdek, piyodalar va yöl harakatining boşqa iştirokçilari tomonidan yöl harakati qoidalarini buziş holatlarida qöllaniladi.
Qayd etilişiça, maʼmuriy ogohlantiriş ayni bir şaxsga nisbatan bir yil davomida faqat bir marta qöllanilişi mumkin.
Şuningdek, amaldagi tartibga köra, jarima ballari 12 balldan oşgan haydovçilar transport vositasini boşqariş huquqidan kamida 6 oy muddatga mahrum etiladi.
Joriy yilning 8 may holatiga köra, Özbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan haydovçilar soni 49 nafar edi.









