Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarini hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim qiladi. Bulardan dastlabki uçtasining töliq texnik jihatlari, noanʼanaviy smartfonning esa narxi haqida ham maʼlumotlar berganmiz.
XDA Developers resursining boş muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) endi uşbu modellarning narxlarini eʼlon qildi. Afsuski, bu maʼlumotlar sizni ham xursand qilmaydi – ular avval «sizib çiqqan» xabarlarda aytilganidan ança qimmat ekan!
Xullasi kalom, kompaniya ularni Yevropa bozoriga quyidagi narxlarda taqdim etmoqçi:
Samsung Galaxy S20 5G – 900 dan 1000 yevrogaça
Samsung Galaxy S20+ 5G – 1050 dan 1100 yevrogaça
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G – 1300 yevro
Samsung Galaxy Z Flip – 1400 yevro
Vaynbaxning taʼkidlaşiça, AQŞ bozorida Galaxy S20 modellari tegişliça 850, 950 va 1200 dollardan sotilişi kutilmoqda. Flagmanlarning beşinçi avlod uyali aloqa tarmoğini qöllab-quvvatlamaydigan variantlari esa taxminan 100 yevroga arzonroq bölişi mumkin.









