Özbekiston telekanallarida dorilar reklamalari va taniqli şaxslarning ularni reklama qilişi taqiqlanadi

Özbekiston telekanallarida dorilar reklamalari va taniqli şaxslarning ularni reklama qilişi taqiqlanadi

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni taʼminlaş masalalari qömitasi işçi guruhining yiğilişida yangi tahrirdagi «Reklama töğrisida»gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Reklama töğrisida»gi 30 ta moddadan iborat qonun 1998 yil 25 dekabrda (bundan 23 yil avval) qabul qilingan bölib, bugungi kunga qadar unga 15 marotaba özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Yangi tahrirdagi hujjat «reklama obʼekti», «nomaqbul reklama», «axloqsiz reklama», «yaşirin reklama», «homiylik» kabi yangi tuşunçalar bilan töldirilmoqda.

Şuningdek, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va telekommunikatsiya tarmoqlarida reklama joylaştiriş tartibi takomillaştirilmoqda. Yangi qonun böyiça telekanallarda davomiyligi 10 daqiqadan kam bölgan telekörsatuvlarni reklama bilan uzib qöyişga va reklama bilan birga namoyiş etişga yöl qöyilmaydi.

Bundan taşqari, dori vositalarini reklama qilişda quyidagilar taqiqlanmoqda:

  • taniqli şaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki taşqi körinişi şifokorlarning taşqi körinişiga öxşaş şaxslarning iştirok etişi;
  • olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi şuningdek alohida şaxslarning minnatdorligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining taʼsiri haqidagi hikoyalaridan iborat bölgan tavsiyalardan foydalaniş taqiqlanmoqda.

Qonunda voyaga yetmaganlarni ularning işonçi va tajribasi yetişmasligini suiisteʼmol qilişdan himoya qiliş tartibi ham alohida belgilab qöyilmoqda.

Şuningdek, işçi guruh aʼzolari tomonidan ayrim turdagi reklama vositalari orqali reklama tarqatişning öziga xos xususiyatlari, jumladan, televideniye, radio, bosma OAV, telekomunikatsiya tarmoqlari va internet jahon axborot tarmoğida tarqatiladigan reklamaga qöyiladigan talablar batafsil körib çiqilgan.

Yiğilişda mazkur qonun ayni paytda Senat qömitalarida hamda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarida muhokamalardan ötayotgani, barça taklif va tavsiyalar inobatga olinişi va tegişli xulosa qabul qilinişi nazarda tutilgani taʼkidlab ötilgan. Qonun muhokamasi davom etmoqda.

Teglar:
×