Sony kompaniyasi PlayStation 5ga ovozli boşqaruv funktsiyasini qöşdi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Yangilanişdan söng konsolda interfeys sozlamalari, ovozli boşqaruv funktsiyasi va guruh çatidagi yangilanişlar özgargan. Foydalanuvçilar öyinlarni topiş yoki oçiş uçun ovozli boşqaruv tizimini faollaştirişi, şuningdek, PS5 ni yoqiş va öçiriş imkoniyatiga ega böladi.
Sony işlab çiquvçilarining taʼkidlaşiça, konsol “Hi, PlayStation!” söroviga reaktsiya bildiradi. Şundan söng, qurilmaning muayyan funktsiyalarini işga tuşiriş, yoqiş yoki öyinlarni topiş buyruğini aytiş lozim.
Foydalanuvçilar çat holatini tanlaşlari mumkin - oçiq yoki yopiq. Yangilaniş bilan konsolga yangi kartalar qöşildi va ekranni öqiş funktsiyasida yangi tillar ham mavjud – endi u rus, arab, golland, portugal, polyak va koreys tillarida ham işlaydi.
Ovozli boşqaruv funktsiyasi hozirça faqat AQŞ va Buyuk Britaniya foydalanuvçilari uçun mavjud. PS5 beta versiyasiga kiriş uçun Sony veb-saytida röyxatdan ötişingiz kerak.









