Toşkentda 12 va 16 yoşli bolalar Nexia'ni öğirladi

Toşkentda 12 va 16 yoşli bolalar Nexia'ni öğirladi

Toşkentning Bektemir tumanida voyaga yetmagan bolalar Nexia-1 rusumli avtomobilni öğirladi. Bu haqda Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 7 fevral kuni soat 06:43da Bektemir tumani böyiça IIO FMB Navbatçilik qismiga murojaat kelib tuşgan. Unda 65 yoşli fuqaro T.R. nomaʼlum şaxs Bektemir tumani Suvsoz dahasi “Rohat” MFY 47-uy oldidagi avtoturargohda özining Nexia-1 rusumli avtomaşinasini qarovsiz, eşiklari qulflanmagan va kaliti öt oldirgiçda qoldirganligidan foydalanib, avtomaşinani nomaʼlum tomonga olib qoçib, hodisa joyidan yaşiringanligi maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 12 yoşli Ş.R. va 16 yoşli F.D. sodir etgani aniqlanib, olib qoçilgan avtomaşina Bektemir tumani Ohangaron şox köçasi Çirçiq daryosi ustidagi avtomaşinalar ötiş uçun möljallangan köprik ustida turgani aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritilganda, köprik ustida avtomaşinaning yoqilğisi tugab qolganligi maʼlum bölgan. Uşbu holatni sezgan şovvozlar avtomaşinani taşlab yaşirinmoqçi bölganda mazkur hududda xizmat vazifasini bajarib kelayotgan Patrul post xizmati xodimlari tomonidan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
 

×