Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholining daromad manbaini kengaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida:
a) loyihalarni moliyalaştiriş uçun maqsadli jamğarmalar hamda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylaştiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
• aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
• çorvaçilik, baliqçilik va parrandaçilik uçun – 1 yilgaça imtiyozli davr bilan 3 yilgaça;
• boğdorçilik, uzumçilik va limonçilik, issiqxona, qişloq xöjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qiliş uçun – 3 yilgaça imtiyozli davr bilan 7 yilgaça;
• “Hunarmand” uyuşmasi aʼzolariga – 3 yilgaça hamda aylanma mablağlarni töldiriş uçun 18 oygaça ajratiladi;
• kreditlar hokim yordamçisining tavsiyasi asosida ajratiladi;
• çorvaçilik uçun kreditlar kamida 10 dan 50 boşgaça çetdan keltirilgan naslli çorva mollarini boqiş uçun kiçik fermalarni taşkil etişga beriladi;
• “yetakçi” tadbirkorlarga dehqon xöjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetiştiriş va yetiştirilgan mahsulotlarni xarid qiliş uçun aylanma mablağlarni töldirişga kreditlar ajratiladi.
2022 yil 1 martdan kreditlar töliq raqamlaşgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.









