Marhamat tumani hokimi öqituvçilardan uzr sörab çiqdi

Marhamat tumani hokimi öqituvçilardan uzr sörab çiqdi

Andijonda öqituvçilar tik turgan holda ota-onalar oldida uzr söragani keng muhokamalarga sabab bölgani va holat yuzasidan Xalq taʼlimi vaziri bayonot bergani xabar qilingandi.

Holat yuzasidan Marhamat tumani hokimi Bobur Yöldoşev öqituvçilardan uzr sörab çiqdi.

«Marhamat tumanidagi öqituvçilar va ota-onalar hamkorligida ötkazilgan yiğilişdagi holatlar öqituvçilarning ruhiyatiga taʼsir qilgan bölsa, men tuman hokimi sifatida barça ustoz-murabbiylardan uzr sörayman», dedi u.

Avvalroq Komil Allamjonov Andijonda öqituvçilar ota-onalar oldida boş egib, uzr söraşga majburlangani uçun viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovning şaxsan özi barça ustozlardan uzr söraşi kerakligini aytgandi.

Ammo viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov uzr söramadi, «xatoga yöl qöygan har qanday rahbarlarga qonunda belgilangan jazo çoralarini körilişini taʼminlayman», dedi.

×