Qozoğistonda kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev qölga olindi

Qozoğistonda kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev qölga olindi

Qozoğistonda Birinçi Prezident – Elboşi Nursulton Nazarboyev davrida kriminal avtoritet bölgan, ayni vaqtda mamlakatdagi norozilik namoyişlarining yetakçilaridan biri deb aytilayotgan Arman Jumageldiyev va uning şeriklari qölga olindi. Bu haqda mahalliy OAV Içki işlar vazirligiga  tayanib xabar bermoqda.

“Yovvoyi Arman” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Arman Jumageldiyev qölga olindi. Erkaklar qarşilik körsatişga harakat qilişdi. Ammo militsiya xodimlarining qatʼiy harakatlari tufayli bu uriniş muvaffaqiyat bilan yakunlandi”, deyiladi xabarda.

Qölga oliş çoğida gumonlanuvçilardan turli marka va kalibrli törtta yarim avtomatik töpponça, öq-dorilar, tiğli qurollar va zirhli avtomaşina olindgan.

Maʼlum bölişiça, joriy yilning yanvar oyi boşida Turkiyadan mamlakatga qaytgan şaxs pogromlar va hukumat amaldorlariga hujumlar uyuştirganlikda gumonlangan. Ammo, keça, 6 yanvar kuni Jumageldiyev namoyişçilarni huquq-tartibot xodimlariga nisbatan kuç işlatişdan voz keçişga va dökonlarni talon-taroj qilişni bas qilişga çaqirgan edi.

Şuningdek, “Yovvoyi Arman” aeroportga qilingan hujumni qoralab, namoyişçilar orasida aroq va giyohvand moddalar tarqatayotgan hamda odamlarni davlat muassasalariga bostirib kirişga undaydigan provokatorlar borligini taʼkidlagan. 

Maʼlumot uçun, Arman Jumageldiyev uyuşgan jinoiy guruhni boşqargan. Hatto, u mamlakatdagi bir qator jinoiy töqnaşuvlarda ham iştirok etgan.

×