Namangan viloyat sudi iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati sudyalari viloyatning Yangiqörğon tumanida tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazişdi. Unda Özbekiston Respublikasining 2022 yil 11 yanvardagi “Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga özgartirişlar kiritiş haqida”gi ÖRQ-744-sonli Qonunining mazmun mohiyati töğrisida hamda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid işlarni iqtisodiy sudlar tomonidan körilişi böyiça tuşuntirişlar berildi.
Tabirda taʼkidlanişiça, “Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga kiritilgan özgartirişlarga köra, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil uşbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlari qismida), 2002 (tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari buzilişi qismida), 2411 — 2414, 2416, 2418, 24110-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişi belgilanganligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga hamda jarima tarzidagi maʼmuriy jazolarni qöllaşga uning örinbosarlari va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil devoni boş inspektorlari haqli ekanligi, avvallari bunday huquqbuzarliklar jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan körib çiqilgan bölsa, endilikda “Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan körib çiqiladi.
“Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning vakolatlarini kengaytirilişi tadbirkorlik subʼektlariga berilayotgan katta imkoniyatlardan yana biri ekanligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlik subʼektlari vakillarining savollariga sudyalar tomonidan asoslantirilgan javoblar berildi.
Davra suhbati qizğin va işçan ruhda bölib ötdi.
Qodirxon Xodjayev
Namangan viloyat sudining iqtisodiy işlar böyiça sudyasi









