Ombudsman vakillari turmadagi blogerlar bilan uçraşdi

Ombudsman vakillari turmadagi blogerlar bilan uçraşdi

Ötgan haftada Ombudsman vakillari, Özbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati hamda «Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi vakillari Navoiy viloyatidagi koloniyalarga borib, mahbuslar, xususan, qamoqdagi blogerlar bilan ham uçraşişgan.

«Ezgulik» jamiyati raisi örinbosari Bekzod Nurmatovga köra, Zarafşondagi koloniya 2200 kişiga möljallangan. Hozirda bu yerda 684 nafar mahkum jazo muddatlarini ötamoqda, ularning 27 tasi diniy radikal oqimlarga mansublikda ayblangan. Mazkur şahardagi 36-sonli manzil koloniya esa 450 kişini siğdira oladi. Bu yerda 272 nafar mahkum bor.

Navoiy viloyatining Qiziltepa koloniyasi 2200 kişiga möljallangan, ayni paytda esa 1123 nafar mahbus bor. Ularning 62 nafari diniy ekstremistik oqimlarga mansub. Qattiq tartibli bu koloniyada taniqli bloger Fozilxöja Orifxöjayev bilan uçraşilgan.

«Qamoqxona şaroitidan şikoyatim yöq. Plastik tsexida usta bölib işlayapman. Ammo sud hukmidan noroziman va men qamalişim kerakmasdi», degan Fozilxöja.

Navoiy şahridagi 12-sonli qattiq tartibli koloniya esa 1600 kişilik, bu yerda hozirça 1070 mahkum bor. 48 tasi radikal oqimlar faollari bölişgan. Blogger Akmal Şaropov ham şu yerda bölib, oilasi bilan uzoq muddatli uçraşuvda ekani sababli u bilan uçraşişning imkoni bölmagani aytilgan. Aytilişiça, u yaqin 2 oy içida ozodlikka çiqarilişi mumkin.

Mazkur şahardagi 4-sonli umumiy tartibli koloniyaga 1800 nafar mahkum siğadi. Koloniyada bloger Otabek Sattoriy jazo muddatini ötamoqda. U quriliş mollariga naqş bosuvçi tsexda operator. «Ezgulik» faoli bilan uçraşuvda özining nohaq qamalgani, sudlarning adolatsizligini taʼkidlagan bloger oilada yolğiz boquvçi ekanini, ozodlikka çiqiş uçun kuraşayotgani va faqat prezident Mirziyoyevga işonişini taʼkidlagan.

Monitoring natijalariga köra, qamoqxonalarning moddiy texnik bazasini mustahkamlaş, ularning oş-ovqati sifatini yaxşilişga urinilmoqda. Şikoyatlarning asosiy qismi sud hukmlarining adolatsizligidan. Eng yomon körsatkiç — mahkumlarning katta qismini yoşlar taşkil qiladi.

×