IIB xodimlari uyuşgan jinoiy töda tomonidan toşböron qilingani aytilgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot

IIB xodimlari uyuşgan jinoiy töda tomonidan toşböron qilingani aytilgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari mahallaning uyuşgan jinoiy tödaga aylangan fuqarolari tomonidan toşböron qilingani aytilgan video tarqaldi. Andijon viloyati IIB mazkur holatga munosabat bildirib, videodagi tasvirlar böyiça masʼul xodimlar tomonidan örganiş işlari olib borilganini maʼlum qildi.

Aniqlanişiça, Baliqçi tumani «Aʼlam» MFYda yaşovçi A.B. tuman «Suvoqova» taşkilotiga tegişli bölgan suv qazib çiqariş inşooti va hududini özining tomorqasiga noqonuniy qöşib, devor bilan örab olgan. Agar suv inşooti nosoz holga kelsa, taʼmirlaş uçun kelgan fuqarolarni bu hududga ötişga tösqinlik qilayotgani uçun mahalla aholisi bilan uşbu oila örtasida nizo yuzaga kelgan.

Mazkur masala Fuqarolik işlari böyiça Izboskan tumani sudida ötgan 2021 yilning 28 may kuni körib çiqilib, mahalla aholisi foydasiga hal etilgan. Uşbu noqonuniy qurilgan binoni buziş uçun sud tomonidan muddat belgilangan. MIB hamda tuman mutasaddi rahbarlari tomonidan uşbu qarorga asosan A.B.ga noqonuniy qurilişni buziş kerakligi tuşuntirilgan bölsa-da, u tomonidan bunga qarşilik qilinib, devor buzilmagan.

2022 yilning 28 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi xodimlari sud qaroriga asosan A.B.ning xonadoniga suv quduği hududidagi noqonuniy qurilgan devorni buziş uçun ijroga borgan vaqtida A.B. va uning birga yaşovçi öğli R.Ş. kelini Y.G. bilan mahalla aholisi örtasida nizo kelib çiqib, oqibatda mahallada yaşovçi bir neça fuqaro tomonidan A.B.ning devoriga toş otilgan va bu holat darhol IIB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

«Otilgan toşlar u yerda bölgan IIB yoki boşqa mutasaddi taşkilot xodimlarga yoxud fuqarolarga qaratilmagan va ularga tegmagan. Mazkur holat yuzasidan Baliqçi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv yakuniga köra, huquqbuzarlik sodir etgan şaxslar aniqlangan taqdirda, ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi», — deyiladi munosabatda.

×