Joriy yilning 27 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda "Paxtaçida YPX xodimlari fuqaroni urib olib ketişmoqda" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holat 26 aprel kuni Samarqand viloyati, Paxtaçi tumanida sodir bölgan.
Joriy yilning 26 aprel kuni soat 18:30larda, Samarqand viloyati IIB YHXB YPX xodimlari I.Islomov, F.Davronov va F.Xayitovlar Paxtaçi tumani, "Mirkan" MFY hududidan ötuvçi avtomobil yölida xizmat olib borayotgan vaqtlarida "Damas" rusumli avtomobil haydovçisi transport vositasini şubxali boşqarişi bilan eʼtiborni öziga tortgan. YPX xodimlariga yaqinlaşgan vaqtda tösatdan ortga qaytib olib harakatlangan.
YPX xodimlari xizmatda foydalaniş uçun biriktirilgan "Lasetti" rusumli avtomobilda haydovçining ortidan kuzatib borişgan.
Haydovçini töxtatiş çoralari körilib, YPX xodimlari haydovçi bilan özaro muloqot qilgan vaqtda haydovçining oğzidan spirtli içimlik hidi kelgan va tekşiriş maqsadida tibbiy körikka taklif etilgan.
Tibbiy körikda agar mastlik holati tasdiqlanadigan bölsa çora körilişi mumkinligini bilgan haydovçi xodimlarga faol qarşilik körsatgan.
Tibbiy körik xulosasiga köra, haydovçining mastlik holati tasdiqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan va "Damas" rusumli avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.
Mastlik holatida avtomobil boşqariş oqibatida ötgan davr mobaynida bir qança YTHlar sodir bölib, haydovçi va yölovçilarning vafot etganliklari yoki tan jarohati olib bir umrga nogiron bölib qolganliklari haqida köplab eşitamiz. Lekin, ayrim masʼuliyatsiz haydovçilar spirtli içimlik isteʼmol qilgan holda transport boşqarib özi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qöyişda davom etmoqdalar.
Barça haydovçilardan mastlik holatida transport vositasini boşqarmasliklarini sörab qolamiz!









