ŞHT davlatlari yadro quroli böyiça majburiyatiga sodiqligini tasdiqladi

ŞHT davlatlari yadro quroli böyiça majburiyatiga sodiqligini tasdiqladi

Şanxay Hamkorlik Taşkiloti Jahon savdo taşkilotini inklyuziv isloh qilişga çaqirdi. Bu haqda bugun, 4 iyul kuni Hindiston raisligida onlayn tarzda ötkazilgan ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşining Nyu-Dehli deklaratsiyasida aytildi. 

ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan qöşma deklaratsiyada taşkilot Jahon savdo taşkilotini isloh qiliş tarafdori ekanini bildirgan. 

Bundan taşqari, ŞHTga aʼzo davlatlar taşkilot boşqa davlatlarga qarşi qaratilgan emasligini va keng hamkorlikka oçiqligini tasdiqlagan. Şuningdek, taşkilot xalqlarning öz taraqqiyot yöllarini mustaqil va demokratik tanlaş huquqini hurmat qiliş tarafdori ekanini bildirgan.

Şu bilan birga, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaga qatʼiy rioya qilişga çaqirişini taʼkidlagan.

ŞHT yetakçilari oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ustuvor yönalişlar deb atagan. Taşkilot yoşlarning terrorçi guruhlarga qöşilişiga qarşi kuraşişga çaqirgan hamda soğliqni saqlaş va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişda hamkorlikni kuçaytirişni rejalaştirayotgani maʼlum qilingan. 

Sammit deklaratsiyasida ŞHT mamlakatlari dunyoda transformatsion özgarişlar yuz berayotgani va texnologik taraqqiyotning yangi davriga qadam qöyayotgani, tahdidlar tobora buzğunçi bölib borayotgani taʼkidlangan.

Şuningdek, ŞHT terrorizmga qarşi kuraş bahonasida mamlakatlarning işlariga aralaşişga yöl qöyilmasligini eʼlon qilgan. Taşkilotga aʼzo davlatlar radikal şaxslarni reabilitatsiya qiliş va jamiyatga reintegratsiya qiliş dasturlarini amalga oşirişini bildirgan.

Bundan taşqari, ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni ham imzolagan:

• 2030 yilga qadar ŞHT mintaqasida iqtisodiy rivojlaniş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida qaror;

• Eron Islom Respublikasini ŞHT aʼzoligiga qabul qiliş tartibotini yakunlaş va unga ŞHTga aʼzo davlat maqomini beriş töğrisida qaror;

• Belarus Respublikasining ŞHTga aʼzo davlat maqomini oliş uçun majburiyatlari töğrisidagi memorandumni imzolaş haqida qaror.

Şu bilan birga, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformatsiyani yanada rivojlantiriş, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlaş va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirişga qaratilgan 10 ta hujjat qabul qilingan.

Tadbir söngida ŞHTga raislik Qozoğiston Respublikasiga ötgan. Iştirokçi davlatlar rahbarlari 2024 yilni ŞHT Ekologiya yili deb eʼlon qilgan.


Maqola muallifi: Alibek Beyjanov


Teglar:
×