Musulmonlar uçun eng qadrli ism Yevropa poytaxtini ham zabt etdi

Musulmonlar uçun eng qadrli ism Yevropa poytaxtini ham zabt etdi

Yevropa ittifoqi va Belgiya poytaxti Bryusselda 2021 yil dunyoga kelgan çaqaloqlarga eng köp Muhammad ismi qöyildi. Bu haqda mamlakat statistika idorasi – Statbel hisobotida söz boradi.

Bryussel şahrida 2021 yil davomida dunyoga kelgan 18430 çaqaloqqa Muhammad ismi berilgan. Eng köp qöyilgan ismlar beşligidan Jan (6089), Ahmad (4166), Filipp (4060) va Mişel (4049) örin olgan.

Butun mamlakat miqyosida olganda esa Jan ismi birinçi örinda qayd etilgan (65886). Muhammad ismi umumiy röyxatning 9-örnida. Belgiya böyiça 34862 çaqaloqqa Islom dinining uluğ payğambari ismi berilgan.

Buyuk Britaniyada ham beş yildan buyon Muhammad eng köp qöyilayotgan öğil bola ismi bölib kelmoqda.

AQŞda esa musulmonlar uçun qadrli bölgan mazkur nom eng köp berilayotgan ismlar öntaligiga kirgan.

Isroilda ham Muhammad ismi Yusuf, Dovud kabi payğambar nomlari qatorida ommaviy hisoblanadi.

Özbekistonda esa 2020 yilda Muhammadali – yangi tuğilgan çaqaloqlarga eng köp qöyilgan ism ölaroq qayd etilgan: 19393 nafar öğil bola şunday atalgan.

Yuqori beşlikda Muhammadalidan taşqari Mustafo, Abdulloh, Muhammad, Imronbek ismlari ham bor

×