Rasman: Maktab, litsey va OTMda taʼlim onlaynga ötkazildi

Rasman: Maktab, litsey va OTMda taʼlim onlaynga ötkazildi

Özbekistondagi barça taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni onlayn şaklga ötkazildi. Bu haqda Xalq taʼlimi va Oliy va maxsus taʼlim vazirliklari xabar bermoqda. 

"Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infektsiyasining yangi ştammi bolalar va yoşlar örtasida tarqalişi yuqoriligini eʼtiborga olgan holda barça  oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda (barça taʼlim şakllari va turlari böyiça)  joriy yilning 24 yanvaridan boşlab, bir oy muddat davomida taʼlim oliş tizimi masofaviy (onlayn) şaklda olib boriladi.

Bunda tajribadan kelib çiqqan holda onlayn taʼlim jarayoni sifatli tarzda taşkil etilib, barça zarur resurslar safarbar etiladi. 

Temiryöl çiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida çegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar  avia va temiryöl çiptalari  bepul tarzda boşqa muddatga almaştirib beriladi", deyiladi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi xabarida.

Şuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi ham 24 yanvardan boşlab maktablar bir oy davomida “onlayn” faoliyat olib borişini maʼlum qildi 

Qayd etilişiça, masofaviy şaklda öquvçilarning sifatli taʼlim olişi uçun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali darslar berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravişda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi.

Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va soğligini taʼminlagan holda "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borişlarida amaliy yordam berişlarini söramoqda.

×