Abror Muxtor Aliy Bozorov işida nega jabrlanuvçi sifatida iştirok etayotganiga izoh berdi

Abror Muxtor Aliy Bozorov işida nega jabrlanuvçi sifatida iştirok etayotganiga izoh berdi

Bugun, 20 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida Miraziz Bozorovga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş körib çiqilayotgani, unda Özbekiston Musulmonlari idorasining "Qurʼoni karim va tajvidni örgatiş" bölimi mudiri örinbosari Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy jabrlanuvçi sifatida iştirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Xöş, Abror Muxtor Aliy nega jabrlanuvçilar safida? Miraziz Bozorov unga qanday zarar yetkazgan?

“Sud majlisi yaxşi ötdi. Hozir 4 nafar jabrlanuvçidan izoh talab qilişdi. Jabrlanuvçilar nima uçun jabrli ekani söraldi. Men ham jabrlanuvçilar qatoridaman. Çunki menga nisbatan terrorist deb tuhmat qilgan. Özbekistondagi deyarli barça ayollarni fohişalikda, eriga xiyonat qilişda ayblagan. Bu bizga va ayollarimizga, xalqimizga nisbatan tuhmat. Şuning uçun men özimni jabrlanuvi deb hisobladim va uning ustidan şikoyat arizasini kiritganman”. 

Sud majlisining birinçi kuni öz nihoyasiga yetdi. Işni körib çiqiş hali davom etadi. 

×