Munisa Rizayeva Abror Muxtor Aliy bilan sudlaşmoqçi

Munisa Rizayeva Abror Muxtor Aliy bilan sudlaşmoqçi

Xonanda Munisa Rizayeva özining Instagram sahifasidagi jonli efirida kiyinişini tanqid qilgan Abror Muxtor Aliy haqidagi fikrlarga “U bilan sudda körişaman” deya izoh qoldirdi.

Xonanda özining Instagram sahifasiga joylaştirgan surati ostida qoldirilgan Abror Muxtor Aliy haqidagi izohlarga «Men u bilan nimani ‘razbor’ qilaman? U bilan sudda körişaman», deb javob bergan.

“Munisa Rizayeva muslima ayollarimiz töğrisida özi loyiq bölmagan gaplarni gapirib yubordi. Bu gapni öziça oqlaşi mumkin, men unday edim, bunday edim, deb. Mening qalbim “kristalniy”, deyişi ham mumkin. Men yer yuzida qoraman, men juda ham rasvo bölib ketyapman, deydigan odam yöq. Öğri ham özini haqman deydi, foxişa ham özini töğriman deydi. Men bu bilan Munisa Rizayevani foxişa deyayotganim yöq. Odamlar Munisa Rizayevaning jonli muloqotida oçiq-soçiq kiyinibsiz, desa “körganmiz hijoblilarni”, deb hijobga “sakrayapti”.

Senga aytilyapti kiyimingni töğrilagin, deb. Yöq, mening qalbim toza, deb ketaver. Hijoblilarni nimaga tilga olyapsan? Körgan bölsang, sendan kimdir sörayaptimi? Sening nima işing bor? — Şu gap söralgani uçun bizdan xafa. Xafa bölgan bölsa, burnini tişlasin. Tişlay olmasa, öşa tajribani qilsin”, deydi Abror Muxtor Aliy jonli efirda.

Şuningdek, Munisa muxlislaridan birining «Balki meni şunça payt qora röyxatda uşlab turganingiz yetar!? Jonli efirlaringizni körmaganimga yil böldi», deb qoldirlgan izohiga: “Jonli efirlarimni köriş uçun yaxşi narsalarni yozing”, deb javob qaytargan.

Bundan avval Abror Muxtor Aliy bir qator xonandalar bilan tortişgani haqida videolar tarqalgan. Xususan, xonanda Yulduz Usmonovani «fatvo bergani» uçun “Otarçilik qilib yurgan işing eşak öğriligidan past, aslida. Öşa işing hadislarni bunday talqin qilganingdan yaxşiroq. Öşa işingni qilaver. Nima qilasan dinga aralaşib? Men sening köça tilingga, otarçilarning içidagi mezoningga tupurib qöyganman”, deb haqorat qilgan. Oradan 3 kun ötib ijtimoiy tarmoqlarga xonandadan “erkak sifatida” uzr söragani haqida video joylaştirgan.

Bundan taşqari, Abror Muxtor Aliy deputat Qobil Döstov bilan muştlaşgan. U ijtimoiy tarmoqlarga “Onamni haqorat qildi. Lekin yedi, oğiz-burni qonga töldi. Döstov ikkiyuzlamaçi”, deb video eʼlon qilgan.

×