Bugun, 20 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida Miraziz Bozorovga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş körib çiqilayotgan edi. Sudda Özbekiston Musulmonlari idorasining "Qurʼoni karim va tajvidni örgatiş" bölimi mudiri örinbosari Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy) va bloger Şuhrat Musayev jabrlanuvçi sifatida iştirok etmoqda.
Şuhrat Musayevning bildirişiça, Miraziz Bozorov öz çiqişlarida özbek xalqini va ayollarni haqorat qilgan.
Şuningdek, sud majlisida xalqaro taşkilotlar vakillari, xususan Germaniya elçixonasi xodimlari ham iştirok etmoqda. Ularning içkariga kirişiga heç qanday tösqinlik qilinmagan, PZR-test manfiy javobi ham söralmagan. Holbuki, jurnalistlardan içkariga kiriş uçun heç qanday asossiz PZR-test talab qilingan.
Miraziz Bozorov işi
2021 yilning 11 mart kuni Miraziz Bozorov TikTok’dagi sahifasi orqali LGBT himoyaçilariga murojaat bilan çiqib, har juma Hazrati Imom majmuasi joylaşgan maydonda töplaniş va LGBT huquqlarini himoya qiliş taklifini bildirgan edi.
28 mart kuni soat 15:00 atrofida poytaxt Toşkentning Amir Temur xiyoboni atrofida jinoyat kodeksidan besoqolbozlik moddasini çiqarib yuborilişiga qarşi jamoatçilik vakillarining norozilik namoyişi bölib ötdi. Toşkent şahar IIBBga köra, 3-4 nafar fuqarolar T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumonlab, ularni urişga harakat qilgan. Uşbu fuqarolarga 20-25 nafar boşqa şaxslar qöşilib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etgan. Voqea joyida xizmat qilayotgan Toşkent şahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlarining aralaşuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilişiga yöl qöyilmagan. Janjalni boşlagan va faol iştirokçisi bölgan fuqarolarning 12 nafari uşlangan.
Şuningdek, 28 mart kuni taxminan soat 22:45 larda Mirobod tumani Afrosiyob köçasi 21-uy oldida 3 nafar nomaʼlum şaxslar 1991 yilda tuğilgan Bozorov Miraziz Mirzajon öğlini urib, tan jarohatlari yetkazgan va voqea joyidan nomaʼlum tarafga yaşiringan. Olgan tan jarohatlari bilan Miraziz Bozorov şifoxonaga yotqizilgan.
Tibbiyot muassasasidan olingan maʼlumotga köra, uşbu fuqaroda boş miya oçiq va yopiq jarohatlari, öng qoş sohasi yirtilgan jarohati, kökrak qafasi va qorin sohasi yumşoq töqimalari lat yeyişi, öng oyoq boldir suyagi oçiq sinişi jarohatlari qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandi (“Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
2021 yilning 1 aprel kunidan 20 aprelga qadar Toşkent şahar IIBBga fuqarolardan 28 ta ariza kelib tuşgan bölib, unda Miraziz Bozorov internetda joylagan videolarida uşbu fuqarolarni va ularning qarindoşlarini haqorat qilgani, ularni terroristik taşkilotlar bilan hamkorlikda ayblab tuxmat qilgani, milliy anʼanalarni oyoq osti qilib, ayollarning şaʼniga putur yetkazayotgani hamda millatlararo nizo uyğotayotgani sababli unga nisbatan qonuniy çora körişni talab qilgan.
Şuningdek, Mirobod tumani 110-son umumtaʼlim örta maktabi öqituvçilaridan jamoaviy ariza kelib tuşgan bölib, unda Internet tarmoğidagi mediamakonlarda mazkur maktab öqituvçilarining kasbiy va şaxsiy sifatlari haqida haqoratli maʼlumotlar tarqatgani va şu bilan ularning obrösini toptagani uçun Miraziz Bozorovga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Tergovga qadar tekşiruv natijalariga köra, Bazarov Mirazizning xatti-harakatlarida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandida (“Ğarazgöylik yoki boşqa past niyatlarda tuhmat qiliş, yaʼni bila turib boşqa şaxsni şarmanda qiladigan uydirmalar tarqatiş”) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari borligi aniqlanib jinoyat işi qözğatildi.
Voqealar avjiga çiqqan bir paytda Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari taşkiloti rasmiy Toşkentga yangi tahrirdagi jinoyat kodeksidan besoqolbozlik moddasini çiqarib taşlaşni sörab, murojaat kiritgan edi. Ayni vaqtda mazkur masala siyosat va din vakillari, jamoatçilik orasida köplab muhokamalarga sabab böldi. Deputat Rasul Kuşerboyev birinçilardan bölib Human Rights Watch’ning talabiga qarşi çiqdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom tsivilizatsiyasi markazi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boş mutaxassisi Abror Muxtor Aliy esa xalqaro taşkilotning Özbekistonga yöllagan uşbu murojaati va talabi davlat va xalq örtasida nizo keltirib çiqarişga qaratilganini urğuladi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining örinbosari Alişer Qodirov esa mmmaviy tartibsizliklar orqali diniy çeklovlar örnatilişidan manfaatdorlar borligini aytib çiqdi.









