Miraziz Bozorovga oid sud maʼlumotlari sir saqlanadi – Taşanov

Miraziz Bozorovga oid sud maʼlumotlari sir saqlanadi – Taşanov

Jabrlanuvçilarning iltimosiga köra, Miraziz Bozorovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi sud majlisiga oid maʼlumotlar va jabrlanuvçilarning şaxsi sir saqlanadi. Bu haqda Inson huquqlari himoyaçisi – “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov maʼlum qildi. 

“Jabrlanuvçilarning iltimosiga köra, ularning şaxsi, sudga oid maʼlumotlar sir saqlanadigan böldi. Sudning qonuniy humki kuçga kirganidan keyin, bular haqida gapiriladi. 

Çunki ular haqiqatan ham jamoatçilikka taniqli şaxslar. Şuning uçun ham sud şunday qarorga keldi”, deydi Taşanov. 

Uning qayd etişiça, hozirça sud jarayonida protsessual buzilişlar aniqlanmagan. 

Şuningdek, sud hali uzoq davom etişi maʼlum qilindi. 

Eslatib ötamiz, bugun, 20 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudida Miraziz Bozorovga nisbatan qözğatilgan jinoiy işni körib çiqiş böyiça sud işi boşlandi. Sudda Özbekiston Musulmonlari idorasining "Qurʼoni karim va tajvidni örgatiş" bölimi mudiri örinbosari Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy) va bloger Şuhrat Musayev jabrlanuvçi sifatida iştirok etmoqda. 

Şuningdek, sud majlisida xalqaro taşkilotlar vakillari, xususan Germaniya elçixonasi xodimlari ham iştirok etmoqda. Ularning içkariga kirişiga heç qanday tösqinlik qilinmagan, PZR-test manfiy javobi ham söralmagan. Holbuki, jurnalistlardan içkariga kiriş uçun heç qanday asossiz PZR-test talab qilingan. 

×