Ilon Maskning qiyofadoşi topildi

Ilon Maskning qiyofadoşi topildi

Xitoylik yigit ijtimoiy tarmoqlarda SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Maskka öxşaş bölgani uçun maşhur bölib ketdi. Bu haqda “World of Buzz” naşri xabar berdi.

Video Facebook tarmoğida eʼlon qilinganidan söng 720 ta reaktsiya, 237 ta şarh va 1.6 ming marta ulaşişlar bilan juda katta auditoriya eʼtiboriga tuşgan. Tasvirda Maskning xitoylik qiyofadoşi dastlab bir neça söz aytib, söng elektromobilga ötirganini köriş mumkin. Xitoylikning taşqi körinişi Mask bilan bir xil bölişidan taşqari, u hatto yuz ifodalari bilan ham milliarderga taqlid qiladi.

Kuzatuvçilar tabiatda bunday öxşaşlik mavjudligiga işonişmasligini aytib izoh qoldirgan. Biroq baʼzi foydalanuvçilar yumor qiliş imkoniyatini ham qöldan boy bermagan.

“Xitoyda hamma narsani topişingiz mumkin”, deydi foydalanuvçilardan biri.

Şuningdek, izohlar orasida Ilon Mask ismining aslida xitoy tilidagi “Yi Long Mask”, “Yilon Must, “ Elon Ma” nomlaridan kelib çiqqanini ilova qilganlar ham bor.

×