Ilon Maskning Starlink loyihasi oğriqli zarbaga uçradi

Ilon Maskning Starlink loyihasi oğriqli zarbaga uçradi

Ilon Maskning Starlink sunʼiy yöldoş internet loyihasi juda oğriqli zarbaga uçradi: 3 fevralda uçirilgan 49 ta sunʼiy yöldoşdan 40 tasi yaqin orada orbitadan çiqib ketadi va geomagnit böron tufayli atmosferada yonib ketişi mumkin.

Loyiha böyiça hammasi bölib, yer orbitalarida 12 mingta şunday sunʼiy yöldoşlardan iborat bölişi kerak. Böron atmosferaning isişiga olib kelgan va guruh joylaşgan balandliklarda uning ziçligi va qarşiligini oşirgan. Bu maʼlumot SpaceX veb-saytida eʼlon qilingan xabarda keltirilgan.

Ötgan hafta Kennedi kosmik markazidan Falcon 9 raketasi yordamida Starlink sunʼiy yöldoşlarining yana bir partiyasini uçirilişi maʼlum bir nuqtaga qadar juda oddiy, hatto muntazam operatsiyaga öxşardi. Falcon 9 ning ikkinçi bosqiçi sunʼiy yöldoşlarni Yerdan taxminan 210 km balandlikdagi perigey bilan möljallangan orbitaga olib çiqdi, şundan söng har bir bunday sunʼiy yöldoş avtonom boşqariladigan parvoz bosqiçiga ötgan. 201 -yildan beri SpaceX yuqori tezlikdagi internetni dunyoning barça burçaklariga, ayniqsa internetga muntazam kiriş imkoni bölmagan yoki jiddiy çeklangan joylarga yetkaziş maqsadida uşbu sunʼiy yöldoşlarning 2000 dan ortiğini uçirgan.

Biroq, 3 fevral kuni işga tuşirilgandan söng darhol Yer atmosferasiga geomagnit böron yopirilgan. Böron «avvalgi uçirilişlarga qaraganda havoga 50 foiz köproq qarşilik körsatdi» va sunʼiy yöldoşlarning möljallangan orbitalariga çiqişiga tösqinlik qilgan.

Geomagnit böron söng darhol sunʼiy yöldoşlar xavosiz holatga ötkazilgan, biroq ularning bir neçtasi qarşilik körsatişga qodir bölmagan.

Space X sunʼiy yöldoşlari «yer atmosferasiga qayta kirişi yoki allaqaçon kirib bölgani» va ularning qisqa vaqt içida yonib ketişini aytgan. Uarning parçalari yer yuzasiga yetib kelmaydi.

Space X şuningdek, yonib ketgan sunʼiy yöldoşlar boşqa kosmik kemalar uçun xavf tuğdirmasligini aytgan.

Garvard-Smitson astrofizika markazi astronomi Jonatan Makdauell Tvitterida: «Biz Starlinkning sönggi partiyasi uçun orbital yangilanişlar yetişmasligini angladik», deya yozib qoldirgan.

Albatta, 40 ta yöqolgan SpaceX sunʼiy yöldoşlari orbitaga çiqarilgan 2000 ta sunʼiy yöldoşlar fonida unçalik halokatli yöqotiş bölib körinmaydi. Biroq, bu jiddiy tijoriy oqibatlariga olib kelişi mumkin, çunki investorlar butun loyiha qançalik yaxşi öylanganiga şubhalanişadi.

×