2021 yilda kimlar bizni tark etdi?

2021 yilda kimlar bizni tark etdi?

Yakuniga yetib borayotgan yil muvaffaqiyatlar, qolaversa¸mağlubiyat va yöqotişlarga boy böldi. 2021 yil özbek adabiyoti, sanʼati, ilmi va siyosatida öçmas iz qoldirgan köplab insonlarni turli xastaliklar oqibatida oramizdan olib ketdi.

Bugun taniqli şaxslar, siyosat, iqtisod, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot sohalarida öçmas iz qoldirib, minglab şogirdlar yetiştirib, mamlakat taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan va bugun oramizni tark etgan, muqaddas xotirasi qalblarimizda mangu saqlanib kelayotgan iqtidor egalarini yodga olamiz.

Şoira Gulçehra Nurullayeva

Taniqli şoira Gulçehra Nurullayeva joriy yilning 15 yanvar kuni 83 yoşida vafot etdi.

U 1956-1964 yillarda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston davlat milliy universiteti – tahr.)ning jurnalistika bölimida tahsil olgan.

U SSSR davrida olgan mukofotlaridan voz keçgan.

Şoiraning “Orzularim qoqadi qanot” (1969), “Taşnaman” (1972), “Ikkinçi bahor” (1973), “Lirika” (1975), “Bağişlov” (1977), “Paxta hidi” (1981), “Nurli nuqtalar” (1986), “Muhabbatning suvrati” (1988) kitoblari çop etilgan.

Şoira 2005 yil öz xohişi bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligidan çiqib ketgan. 2018 yilning 28 noyabr kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida ijodkor Gulçehra Nurullayevaga aʼzolik guvohnomasi qayta topşirilgan edi.

Özbekistonda xizmat körsatgan artist Rahmatjon Qurbonov

Özbekistonda xizmat körsatgan artist, xorazmlik xonanda Rahmatjon Qurbonov joriy yilning 17 yanvar kuni 62 yoşida vafot etdi.

Ijodkorning fidoyi mehnatlari munosib taqdirlanib, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist”, “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist” faxriy unvonlari xamda “Mehnat şuhrati” ordeniga sazovor bölgan.

U uzoq yillar Toşkent şahrida samarali faoliyat yuritib, “Lazgi” ansambliga rahbarlik qildi. Rahmatjon Qurbonov bir neça risolalar, kitoblar, öquv qöllanmalar muallifi edi.

Jamoat arbobi Murtazo Sultonov

19 yanvar kuni Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan quruvçi Murtazo Sultonov 83 yoşida vafot etdi.

Murtazo Sultonov qariyb 20 yil Oliy va örta maxsus taʼlim vazirining örinbosari bölgan. U Özbekiston muhandislar akademiyasi, Xalqaro Fanlar akademiyasi akademigi, Vazirlar Kengaşi mukofoti laureati bölgan.

Şu bilan birga, Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan quruvçi unvonlariga sazovor böldi.

Boks böyiça Osiyo çempioni Gözal Ismatova

Boks böyiça ayollar örtasidagi Osiyo çempionati ğolibi, köp karra Özbekiston çempioni Gözal Ismatova joriy yilning 22 fevral kuni 25 yoşida vafot etdi. Maʼlum bölişiça, u saraton xastaligi tufayli olamdan köz yumgan.

Gözal Ismatova oğir vazn (+81 kg) toifasida ringga çiqqan. U 2014—2017 yillar davomida Özbekiston çempionligini qölga kiritgan. Şuningdek, u 2017 yilgi Osiyo çempionati ğolibi hisoblanadi.

Futzalçi Timur Berdiyev

Özbekistonlik futzalçi, OKMK futzal jamoasi aʼzosi Timur Berdiyev joriy yilning 28 fevral kuni vafot etdi.

Timur Berdiyev 1995 yilda tuğilgan. Futzalda faoliyatini havaskorlar ligasida boşlagan. “Ardus”, “Paxtakor”, OKMK futzal jamoalari şarafini himoya qilgan.

2021 yil qişki transfer oynasida Bişkekning “Farvater” jamoasiga ötişi rejalaştirilgan edi.

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov

11 mart kuni taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoşida olamdan ötdi.

Bahrom Yoqubov uzoq yillar "Özbekfilm" va "Özbektelefilm" studiyalarida rejissyor yordamçisi bölib işlagan. Rejissyor köp yillar davomida hujjatli filmlarni suratga oldi. U katta kinoteatrlarga 2003 yilda "Sarvinoz" töliq metrajli filmi bilan kirib kelgan.

Bundan taşqari, u ijodi davomida “Baxt uçun million”, “Fotima va Zuhra”, “Majruh”, “Super kelinçak”, “Içkuyov”, “Zirapça”, “O Maryam, Maryam”, “Zuhra”, “Antiqa ajraşiş” kabi filmlarni suratga olgan. 

Özbekning “Karlo otasi” – Xudoyberdi Töxtaboyev

Özbek bolalar yozuvçisi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev joriy yilning 21 mart kuni 89 yoşida vafot etdi.

1958 yildan Xudoyberdi Töxtaboyev keyingi 14 yil mobaynida “Toşkent oqşomi”, “Sovet Özbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini çop etadi. Şuningdek, “Guliston”, “Şarq yulduzi”, “Gulxan”, “Ğunça”, “Yoş kuç” jurnallarida, “Yoş gvardiya” va “Kamalak” bosma naşrlarida ijod namunalari bilan iştirok etadi.

Keyingroq “Omonboy va Davronboy”, “Sariq devni minib”, “Yillar va yöllar”, “Beş bolali yigitça”, “Qasoskorning oltin boşi”, “Sehrgarlar jangi yoki şirin qovunlar mamlakatida”, “Jannati odamlar” kabi kitoblari çop etiladi.

Uni köpinça “Buratino” filmidagidek Hoşimjonning “Karlo otasi” deb ham taʼriflaşardi.

Özbekistonda xizmat körsatgan haykaltaroş Yakov Şapiro

Özbekistonda xizmat körsatgan haykaltaroş Yakov Iosifoviç Şapiro joriy yilning 4 aprel kuni 84 yoşida vafot etdi

Yakov Şapironing ismi köpçilikka taniş. Çunki u butun dunyoga tanilgan köplab asarlarning muallifi hisoblanadi.

Yakov Şapiro Toşkent metrosining beşta bekati uçun badiiy panellar, şuningdek Maksim Gorkiy, Şota Rustaveli, Hamid Olimjon, Şarof Raşidov, Lal Bahodir Şastri, Botir Zokirov va milliy qahramon Xöja Nasriddin Afandi yodgorliklarini yaratgan.

Özbekiston xalq artisti Mirza Azizov

Özbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali drama teatri direktori Mirza Azizov joriy yilning 16 aprel kuni 58 yoşida koronavirus xastaligi sabab vafot etdi.

Mirza Azizov yuksak darajadagi musiqali teatr aktyori sifatida “Yusuf va Zulayho”da Firʼavn, “Farhod va Şirin”da Bahrom, “Nodirabegim” musiqali dramasida Madalixon, “Alpomişning qaytişi” spektaklida Alpomiş obrazlari orqali tomoşabinlar mehrini qozongan edi.

Özbekiston qahramoni Hasan Normurodov

Özbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi Hasan Normurodov 24 aprel kuni 82 yoşida vafot etdi.

Hasan Normurodov uzoq yillar xalq taʼlimi tizimida işlagan, keyinçalik “Nuroniy” jamğarmasining Samarqand viloyati bölimi raisi sifatida mehnat faxriylarini ijtimoiy himoya qiliş işlariga katta hissa qöşgan.

Prezident farmoniga köra, 2019 yilda “Özbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Diplomat Doniyor Obidov

Özbekistonning Belarusdagi elçixonasi maslahatçisi, siyosiy fanlar doktori Doniyor Obidov joriy yilning 25 aprel kuni koronavirus infektsiyasi oqibatida vafot etdi.

Diplomat va olim sifatida hurmat qozongan Doniyor Obidov Özbekiston hamda Belarus örtasidagi turli sohadagi hamkorlik, xususan madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş yölida faoliyat yuritib kelgan.

Belarusdagi “Zvyazda” naşriyot uyi ikki davlatning madaniy-gumanitar aloqalari ravnaqiga katta hissa qöşgan marhum diplomat Doniyor Obidov xotirasini abadiylaştiriş uçun Minskdagi köça yoki maktablardan biriga uning nomini berişni taklif qilgan.

Inson huquqlari himoyaçisi Surat Ikromov

3 may kuni taniqli özbek huquq faoli Surat IkromovToşkent şahrida 76 yoşida vafot etdi.

Surat Ikromov 2021 yil fevral oyidan buyon oğir xasta bölgan. Uning ölimiga öpkaning surunkali yalliğlanişi, qandli diabet va prostata saratoni sabab bölgan.

U 2002 yilda Özbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyaçilari taşabbus guruhiga asos solgan. Uşbu taşkilot Özbekistonda siyosiy va diniy motivlarga asoslangan köplab sud jarayonlari ustida monitoring ötkazgan. 

Prezident maslahatçisi Rustam Qosimov

2021 yilning 7 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi Rustam Qosimov oğir kasallikdan vafot etdi.

Rustam Qosimov 2017-2018 yillarda Prezidentning yoşlar, fan, taʼlim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi bölib işlagan. 2018 yildan Prezidentining jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida foliyat yuritgan.

U 2019 yildan buyon Özbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor sifatida ham işlab kelayotgandi.

Rejissyor va aktyor Bahodir Yöldoşev

16 may Özbekiston kino va teatr sanʼati oğir judolikka uçradi.Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Özbekiston xalq artisti, mohir rejissyor va aktyor Bahodir Yöldoşev 76 yoşida vafot etdi. Bahodir Yöldoşev uzoq davom etgan xastalikdan vafot etgan. 

Sermahsul ijodiy faoliyati davomida u “Mehnat şuhrati”, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uçun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Nurafşon şahar IIB boşliği Navröz Omonboyev

Nurafşon şahar IIB boşliği, podpolkovnik Navröz Zokirjonoviç Omonboyev joriy yilning 26 may kuni “Kuçlik” neft baza yaqinida avtohalokatga uçrab vafot etdi.

U 1985 yil 21 mart kuni Zangiota tumanida tuğilgan.

Omonboyev bir yildan köproq vaqt davomida Nurafşon şahar IIB boşliği vazifasida işlagan.

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Safar Ostonov

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, “Özbekiston ovozi” gazetasi boş muharriri Safar Ostonoviç Ostonov joriy yilning 9 iyun kuni 73 yoşida vafot etdi.

U Mehnat faoliyatini 1971 yili Respublika yoşlar gazetasida musahhih vazifasidan boşlagan. 1990−1996 yillari "Sport", "Özbekiston futboli" gazetalarida boş muharrir, 1996−2002 yillarda Özbekiston prezidenti devoni yetakçi konsultant, boş konsultant vazifalarida işlagan.

2002 yildan "Özbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalarida boş muharrir lavozimida faoliyat yuritib ketgan.

U 2019 yilgi parlament saylovlarida 63-Kattaqörğon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Xalq demokratik partiyasi deputati etib saylangan. U Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan aʼzosi bölgan.

Safar Ostonov 1999 yilda "Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist" unvoni bilan taqdirlangan.

Yorqinjon domla Fozilov

Taniqli ulamo, Farğona viloyati Danğara tumani “Said Ahmadxon hoji” jome masjidi imom-noibi Yorqinjon domla Fozilov joriy yilning 16 iyun kuni vafot etdi.

Yorqinjon Fozilov Qirğizistonning Botken viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan.

Jurnalist Farida Usmonova

Özbekiston milliy matbuoti faxriysi, taniqli jurnalist va adiba Farida Usmonova 26 iyun kuni 100 yoşida vafot etdi.

Uning mehnat faoliyatining asosiy qismi Toşkent viloyatining “Toşkent haqiqati” gazetasida ötgan edi. Uning öndan ortiq badiiy-publitsistik kitoblari, dramatik asarlari öquvçilariga yetib borgan.  

Uning “Bahor malikasi”, “Inson qadri”, “Mehri daryolar” singari risolalari eʼlon qilingan. Adibaning “Dil faryodi” romani, “Qiz kelin” qissasi çop etilgan. “Sinov”, “Ona bağri” dramalari sahnalaştirilgan.

Farida Usmonova 2021 yilning 23 yanvar kuni 100 yoşni qarşiladi. 25 iyun kuni esa Prezident farmoni bilan “Mehnat şuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

Professor Temurjon Otaqöziyev

2 iyul kuni texnika fanlari doktori, professor, silikatli qiyin eruvçan nometall materiallar texnologiyasi va noorganik moddalar texnologiyasi sohasidagi taniqli olim Temurjon Otaqöziyev 85 yoşida vafot etdi.

Maʼlumot örnida, 1964—1967-yillarda Kimyo institutida işlagan, Toşkent davlat texnika universitetida u katta öqituvçilikdan kafedra mudiri, dekan va öquv işlari böyiça prorektor lavozimiga qadar yöllarni bosib ötgan.

Uning tadqiqot yönalişlaridan biri sanoat çiqindilarini utilizatsiya qilişga qaratilgan bölgan. Xususan, u quriliş materiallari – tsement, gidravlik qöşimçalar va boşqa materiallarni işlab çiqarişda fosfor gipsni utilizatsiya qilişning optimal variantini topgan.

Temurjon Otaqöziyev – 1000 dan ortiq ilmiy işlar muallifi. Ular orasidan monografiyalar, darsliklar va qöllanmalar, terminologik va izohli luğatlar, ilmiy-ommabop risolalar, ixtirolar uçun patentlar va mualliflik guvohnomalari örin olgan. Uning rahbarligida 42 fan nomzodi va 7 fan doktori himoya qilgan.

2007 yilda Temurjon Otaqöziyev “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlangan.

Deputat Abdurahim Qurbonov

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Abdurahim Eşonquloviç Qurbonov joriy yilning 8 iyul kuni 47 yoşida koronavirus infektsiyasi asoratlari oqibatida vafot etdi.

Yozuvçi Dadaxon Nuriy

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, adib Dadaxon Nuriy 12 iyul kuni 78 yoşida vafot etdi.

Yozuvçi Dadaxon Nuriy Hamza nomidagi akademik drama teatrida rassom, maxsus maktablarda hind tili öqituvçisi, “Guliston”, “Gulxan” jurnallari va Özbekiston televideniyesida adabiy xodim va muharrir bölib işlagan.

Dadaxon Nuriy sönggi yillarda “Niqobsiz Amerika va boşqa manzilgohlar”, “Olisdagi dala boğ”, “Iztirob”, “Vijdon hayqiriqlari” kabi kitoblarni yozdi. Asarlari hind, urdu, ingliz, qozoq, koreys, turk va rus tillariga tarjima qilingan.

“Davrimizning Avloniysi” – Töxtamurod Jumayev

Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi, “Buyuk xizmatlari uçun” va “Mehnat şuhrati” ordenlari sohibi, “Qoraköl maktabi” asosçisi Töxtamurod Jumayev 14 iyul kuni vafot etdi.

Xalq öqituvçisi Jumayev asos solgan Qoraköl maktabida öziga xos taʼlim oliş tizimi joriy qilingan. Natijada maktab öquvçilarining 90 foizi oliy öquv yurtlariga qabul qilingan.

Bundan taşqari, uşbu maktab öquvçilari matematika fanidan Xalqaro olimpiadalarda iştirok etib, köplab medallarni qölga kiritgan.

Deputat Anvar Niyozov

Joriy yilning 14 iyul kuni Özbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya taşkiloti raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Anvar Niyozov Bobonazaroviç vafot etdi.

U 1983 yilda Toşkent Irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş injenerlari institutini tamomlagan.  Anvar Bobonazaroviç mehnat faoliyatini Respublika “Özdavloyiha” yer tuziş va loyihalaş institutining Buxoro filialida muhandis sifatida boşlagan.

Anvar Niyozov özining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi köp yillik faoliyati davomida atrof-muhit barqarorligini taʼminlaş yölida mehnat qilgan. Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasida 30 yildan ortiq rahbar lavozimida faoliyat körsatib kelgan.

Mikrobiolog olim Mahmud Zokirov

Mikrobiologiya sohasida yetakçi olim Mahmud Zokiroviç Zokirov 15 iyul kuni 93 yoşida vafot etdi.

Mahmud Zokirov Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida “Mikroorganizmlar fermentlari” laboratoriyasining faol taşkilotçilaridan biri bölgan va uzoq yillar mobaynida uşbu laboratoriyani boşqargan. 

Yetakçi amaliyotçi, mohir ustoz va murabbiy olim Mahmud Zokirov bakteriya va zamburuğlarning turli ferment tizimlarini örganiş, tavsiflaş, ulardan xalq xöjaligi va sanoatda  keng foydalaniş sohasiga ulkan hissa qöşgan.

AOKA bölim boşliği Javohir Qudratov

16 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bölim boşliği Javohir Qudratov 38 yoşida vafot etdi.

U 2004 yilda Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2007 yilda esa Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Javohir Qudratov Toşkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qaşqadaryo” – “Novosti Kaşkadari” gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlaşga kömaklaşiş markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va yana boşqa taşkilotlarda işlagan.

Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov

Toşkent şahar Olmazor tumani hokimi Abdumajid Mullajonov joriy yilning 18 iyul kuni vafot etdi.

Mullajonov 1996 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U Toşkent şahar Olmazor tumani böyiça Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği sifatida ham işlagan.

Abdumajid Mullajonov Özbekiston Markaziy banki sobiq raisi, marhum Fayzulla Mullajonovning öğli edi.

MMA jangçisi Murod Xontörayev

MMA jangçisi Murod Xontörayev “Çorvoq” suv ombori yölida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

"Osiyo ayiği" nomi bilan tanilgan MMA jangçisi, Özbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xontörayev iştirokidagi YTH joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda Toşkent viloyati Böstonliq tumani hududidan ötuvçi 4R-12 avtomobil yölining 68-kilometrida sodir bölgan. Bir yönalişda harakatlanib ketayotgan Lacetti hamda BMW X5 rusumli avtomobillar iştirokidagi töqnaşuvda BMW X5 rusumli avtomobil yöldan çiqib ketib, ağdarilgan.

Oqibatda BMW X5 rusumli avtomobil haydovçisi, 1987 yilda tuğilgan Murod Xontörayev voqea joyida vafot etgan va uşbu avtomobil yölovçisi Jasur Anorboyev tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketilgan.

Maʼlumot uçun, Murod Xontörayev faoliyati davomida 15 ta jang ötkazgan va 12 ğalabaga erişgan.

“Özbeknavo”ning sobiq rahbari Azamat Haydarov

Özbekiston Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini taşkil etiş ilmiy-metodik markazi direktori, siyosiy fanlar nomzodi, professor, “Şuhrat” medali sohibi Azamat Haydarov joriy yilning 22 iyul kuni 64 yoşida vafot etdi.

Bir neça yillar masʼuliyatli vazifalarda, xususan, Madaniyat va sport işlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boşqarmasi boşliği, Özbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oşiriş” fakulteti dekani, “Siyosiy  fanlar” kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport işlari vazirining örinbosari,  “Özbeknavo” estrada birlaşmasi boş direktori,  Madaniyat va sport işlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy  işlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori, “Özbeknavo” estrada birlaşmasi diretkori kabi lavozimlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilib, soha rivojiga katta hissa qöşgan fidoyi mutaxassis edi. 

Marhum 2017 yildan bugunga qadar Özbekiston Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini taşkil etiş ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.  

Kimyogar olim Nusrat Parpiyev

Joriy yilning 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, “Kompleks  birikmalar kimyosi” ilmiy maktabi asosçisi, Xalqaro oliy maktab akademiyasi akademigi, Özbekiston Milliy universiteti professori, kimyo fanlari doktori Nusrat Ağzamoviç Parpiyev 90 yoşida vafot etdi.

Mehnat faoliyati davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo institutida laboratoriya mudiri, direktor muovini, Örta Osiyo neftni qayta işlaş sanoati ilmiy tadqiqot instituti direktori bölib işlagan. Şuningdek, olim bir qator ilm dargohlarida rahbar bölib faoliyat yuritgan.

Nusrat Parpiyev ilk bor palladiy va kobalt birikmalarining şişga karşi faol taʼsir etişini aniqlagan.

U 1995 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 1976 kimyo fanlari doktori, 1981 professor bölgan.

Professor Öktam Umurzoqov

Özbekiston oliy taʼlim kengaşi raisi, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Öktam Pardayeviç Umurzoqov joriy yilning 26 iyul kuni vafot etdi.

Jurnalist Boyböta Döstqorayev

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, jurnalist Boyböta Döstqorayev joriy yilning 28 iyul kuni 78 yoşida vafot etdi.

Boyböta Döstqorayev umrining asosiy qismini jurnalist kadrlar tayyorlaşga bağişlagan. ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti – tahr.) jurnalistika fakultetida 1969 yildan iş boşlagan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining "Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi" kafedrasining mudiri sifatida işlagan.

2002 yilda Özbekiston Prezidentining farmoni bilan "Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi" unvoni bilan taqdirlangan.

Meʼmor Sergo Sutyagin

Özbekistonda xizmat körsatgan meʼmor Sergo Mixayloviç Sutyagin joriy yilning 28 iyul kuni 84 yoşida koronavirusdan vafot etdi.

Sergo Sutyagin loyihalari asosida Toşkentdagi Alişer Navoiy nomidagi kinosaroy (“Panorama”), “Kosmonavtlar” metro bekati, “Arkada” savdo markazi, Çirçiq şahri kiriş qismidagi Kranlar yodgorligi, Termiz, Urganç, Qarşi va Buxorodagi aeroportlar, Nukusdagi Igor Savitskiy muzeyi qurilgan.

Maʼlumot uçun, Sergo Mixayloviç Sutyagin 1937 yilning 23 fevralida Rossiya poytaxti Moskva şahrida tuğilgan. Qayd etiş kerakki, Moskvada uning loyihasiga binoan Şeremetevo boğidagi faşizmga qarşi uruş paytida halok bölganlar xotirasiga obelisk – “Xotira darvozasi” qurilgan.

Böston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova

Andijon viloyati Böston (Böz) tumani hokimi Sadbarxon Mamitova joriy yilning 31 iyul kuni vafot etdi.

U 2020 yil 4 martdan buyon Böston tumani xokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Sadbarxon Mamitova hokim bölgunça “Yuksaliş” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bölinmasi rahbari bölgan.

Akademik Marat Sodiqov vafot etdi

Joriy yilning 1 avgust kuni Özbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Marat Fayziyeviç Sodiqov vafot etdi.

Marat Fayziyeviç Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati edi. 2004 yilda esa Marat Fayziyeviç akademik unvoniga sazovor bölgan. Öşa yildan boşlab Özbekiston Rassomlar uyuşmasi aʼzosiga aylangan.

Uning asarlari Moskvadagi Şarq xalqlari davlat muzeyi, Tretyakov galereyasi, Özbekiston davlat sanʼat muzeyi, şuningdek, AQŞ, Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Frantsiya, Yaponiya va Italiya galereyalari, muzeylari va şaxsiy kollektsiyalarida namoyiş qilingan.

Tarixçi olima Dono Ziyoyeva

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi, tarixşunos olima, professor Dono Ziyoyeva joriy yilning 3 avgust kuni vafot etdi.

Olima 1990 yil “Turkistonda XIX-XX asr boşidagi milliy ozodlik harakati tarixşunosligi” mavzusida nomzodlik, 1999 yil “1917-1924 yillarda Turkistondagi milliy-ozodlik harakatlari XX asr tarixşunosligida” mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Sahna ustasi Asrol Toşkenboyev

“Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, Özbekiston davlat satira teatrining yetakçi sahna ustasi Asrol Gaziboyeviç Toşkenboyev 4 avgust kuni 81 yoşida vafot etdi.

1989 yili Abdulla Qahhor nomidagi Respublika Satira teatri taşkil etilgaç, Asrol Gaziboyeviç uşbu teatrning tamal toşini qöygan ijodkorlar sifatida şu dargohda iş boşlab, vafotiga qadar mehnat qildi.

“Şaytanat”dagi Abdurahmon tabib roli ijroçisi Muhammad Rafiqov

Joriy yilning 11 avgust kuni Özbekistonda xizmat körsatgan artist, sanʼat arbobi, “Döstlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov  81 yoşida vafot etdi.

Aktyor va rejissyor Muhammad Rafiqov “Bobur” telefilmida Şayboniyxon, “Amir Muzaffarxon”da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, “Imom al-Buxoriy” serialida Al-Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur, “Şaytanat” videofilmida Abdurahmon tabib, “Qöqon şamoli” filmida Şayx ul-Islom kabi 50 dan ortiq obrazlarni mahorat bilan ijro etgan. 

Nurlibek Mirzamuratov

Joriy yilning 12 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Nurlibek Yusupoviç Mirzamuratov 58 yoşida olamdan ötdi.

U 1990 yilda Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan, mutaxassisligi böyiça muxandis-quruvçi. “Adolat” sotsial demokratiya partiyasi aʼzosi, 2012-2014 yillar oraliğida Xalq deputatlari Möynoq tumani Kengesi deputati, 2014-2019 yillar oraliğida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati bölgan.

Nurlibek Mirzamurotov 2018 yil oktyabr oyidan umrining oxirgi kunlarigaça Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolböyi xalqaro innovatsiya markazi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Vatan oldida körsatgan fidokorona xizmatlari eʼtiborga olinib, 2020 yilda Özbekiston hukumati tomonidan “Vatan fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.

Muftiy Usmonxon Alimov

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoşida hayotdan köz yumdi.

Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylaşgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, söngra yana 1990-2006 yillar mobaynida uşbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.

2000-2006 yillarda Özbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, boş imom-xatibi bölib mehnat qilgan. 2006 yildan buyon esa Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlab kelayotgandi.

Mansurbek Maşaripov

15 avgust kuni Yoşlar işlari agentligining Beş taşabbus loyihalarini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Mansurbek Maşaripov 38 yoşida vafot etdi.

Mansurbek Maşaripov “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tizimida uzoq yillar mehnat qilg

×