«Hurmatli qozoğistonliklar! Hurmatli vatandoşlar!
Yanvar voqealari butun Qozoğistonni larzaga soldi. Bu tartibsizliklar va hujumlardan maqsad mamlakat yaxlitligini, davlat asoslarini buziş edi.
Bu voqealar yana bir karra istiqlolni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş, ayniqsa ehtiyotkorona muomala qilişni talab qiladigan mört idişdek asraş kerakligini körsatdi.
Bölib ötgan fojia barçamiz uçun saboq böldi. Bu barça portlaşlar va qotilliklarni kim uyuştirganini aniqlaş muhim. Bu savolga tergov aniq javob topadi.
Halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiraman, jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilayman.
Menga kelib tuşgan köplab murojaatlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan xabarlarga javob sifatida şuni maʼlum qilamanki, men 2019 yilda Prezident vakolatlarini Qosim-Jömart Töqayevga ötkazdim va öşandan beri men nafaqadaman, hozir esa Qozoğiston poytaxtidaman va heç qayerga ketib qolganim yöq.
Prezident Qosim-Jömart Töqayev töliq vakolatga ega. U endi Xavfsizlik Kengaşining raisi. Tez orada prezident «Nur Otan» partiyasi raisi etib saylanadi. Elitada heç qanday ziddiyat yoki qarama-qarşilik yöq. Bu boradagi miş-mişlar mutlaqo asossiz.
30 yil davomida Vatanimiz uçun tinim bilmay mehnat qilganimni hamma biladi.
Biz uning çegaralarini mustahkamladik.
Biz izçil islohotlarni amalga oşirdik.
Biz birgalikda mustaqil Qozoğistonni barpo etdik, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yuksak natijalarga erişdik.
Qozoğiston jahon hamjamiyatida obröli davlatga aylandi. Bu barça qozoğistonliklarning hamjihatligi va hamjihatligi samarasidir.
Mamlakatdagi barqarorlik va osoyiştalik doimo mening maqsadim bölib kelgan. Barçamiz ana şu abadiy qadriyatlarni qadrlaşimiz kerak. Biz, albatta, inqirozni yengamiz va yanada kuçliroq bölamiz.
Prezidentimiz xalq farovonligini yuksaltirişga qaratilgan yangi islohotlar dasturini ilgari surdi. Uşbu dasturni qöllab-quvvatlaş kerak.
Sizga, aziz vatandoşlar, soğlik va farovonlik tilayman!
Davlat rahbari lavozimida işlaganimda olib borgan islohotlarim va modernizatsiya yönalişimni qöllab-quvvatlaganingiz uçun taşakkur», deyiladi murojaatda.









