Karimovlar oilasi Moskvaning haşamatli pentxausiga egalik qiladi (foto)

Karimovlar oilasi Moskvaning haşamatli pentxausiga egalik qiladi (foto)

Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning oilasi Moskvadagi uç qavatli pentxausning egasi hisoblanadi. Uning narxi 1,6 milliard rublga yoki 22 million 460 ming dollarga teng. Bu haqda “Baza” yozmoqda.

Suriştiruv maʼlumotlariga köra, uşbu pentxaus “Radisson” mehmonxonasi binosida joylaşgan va ayni vaqtda u sotuvga qöyilgan. Narxi esa yuqorida qayd etilganidek, 22,4 million AQŞ dollaridan sal yuqoriroqqa baholangan. Şuningdek, ijara haqida ham söz borib, pentxausga bir oy egalik qiliş 3 million rubl yoki 42 ming dollar etib belgilangan.

Sotuv haqidagi eʼlonda pentxausning içki qismi uçun tabiiy materiallar, italyan marmari, oniks hamda tabiiy yoğoçdan foydalanilgani haqida söz boradi. Mebel esa “Roberto Cavalli” va “Versace” kabi jahon brendlaridan ekanligi aytilgan.

Istoçnik: www.cian.ru

Pentxaus minoradagi 11-qavatdan boşlanadi. Uşbu qavatda hammom va kiyiniş xonalari bölgan ikkita yotoq xona hamda oşxona va keng zal mavjud. 12-qavatda esa mehmonxona va kir yuviş xonasi joylaşgan. 13-qavatda ofis körinişidagi xona hamda Moskva daryosi, Oq uy va biznes markazini köriş mumkin bölgan terrasa bor. Bundan taşqari, uşbu pentxaus Moskvadagi eng qimmat turar joylar reytingida ikkinçi örinni egallagan. Maydoni 500 kvadrat metrni taşkil qiladi.

Qayd etilişiça, joriy yil may oyidan buyon pentxausga Karimovning bevasi Tatyana Karimovaning jiyani – singlisi Tamara Sobirovaning öğli Anvar Abdullayev egalik qiladi.

Maʼlumot uçun, Karimovlar oilasining tönğiç qizi Gulnora Karimova 2013 yildan buyon jinoyatlari uçun javob bermoqda. U ayni vaqtda hibsda. Oilaning kenjasi Lola Karimova-Tillyayeva esa turmuş örtoği Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞga köçib ötgan. Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon esa ayni vaqtda Londonda tahsil olmoqda. Karimovlar oilasidan faqat Tatyana Karimova Özbekistonda istiqomat qilmoqda. U Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş va Karimov nomidagi Respublika jamoat fondi faoliyatini yuritişda boş-qoş.

Oila farzandlari örtasida munosabatlar ham köngildagidek emas. Xususan, Lola Karimova 2013 yilda xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biriga bergan intervyusida opasi Gulnora Karimova bilan 12 yildirki munosabatlari yaxşi emasligini aytgan.

Gulnora Karimovaning öğli Islom Karimov esa 2016 yilda OAVga intervyu berib, onasi va xolasi Lola Karimova örtasidagi ziddiyatlarda marhum bobosini ayblagandi.

×