COVID-19 pandemiyasi davrida sayyoradagi eng badavlat ön kişining umumiy boyligi ikki baravarga — 700 milliard dollardan 1,5 trillion dollargaça ösdi. Bu haqda “Oxfam” notijorat taşkiloti hisobotida aytilgan.
“Forbes” maʼlumotlariga köra, dunyodagi eng boy ön kişi röyxatiga quyidagilar kiradi:
1. Ilon Mask (AQŞ) — 268,1 milliard dollar;
2. Jeff Bezos (AQŞ) — 188 milliard dollar;
3. Bernard Arno va uning oilasi (Frantsiya) — 187,5 milliard dollar;
4. Bill Geyts (AQŞ) — 134,5 milliard dollar;
5. Larri Ellison (AQŞ) — 120,1 milliard dollar;
6. Larri Peyj (AQŞ) — 119,4 milliard dollar;
7. Mark Tsukerberg (AQŞ) — 117,5 milliard dollar;
8. Uorren Baffett (AQŞ) — 116,9 milliard dollar;
9. Sergey Brin (AQŞ) — 115,1 milliard dollar;
10. Stiv Balmer (AQŞ) — 98,5 milliard dollar.
“Tengsizlik halokatli” hisobotida ekspertlar 2020 yil martidan 2021 yil noyabrigaça bölgan davrni örganib çiqqan.
“Oxfam International” ijroçi direktori Gabriela Buxerning sözlariga köra, hozirda 10 nafar eng boy odam eng kambağal 3,1 milliard odamdan olti barobar köp boylikka ega.
Taşkilot hisobotida aytilişiça, agar ular kuniga 1 million dollar sarflasa, eng boy odamlarga boyliklarini sarflaş uçun 414 yil kerak böladi. Şu bilan birga, pandemiya davrida sayyora aholisining 99 foizining daromadi kamaygan. 160 milliondan ortiq odam qaşşoqlik çegarasiga kelgan.
Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada milliarderlarning boyligi pandemiya boşlanganidan beri 642 milliard yevroga (+46 foiz) oşgan. Hozirda Ğarbiy Yevropaning 107 nafar eng badavlat odami 179 million fuqarodan köproq boylikka egalik qiladi.
“Bunday surʼat va miqyosdagi tengsizlik tasodifiy emas, ixtiyoriydir”, degan Buxer.
Ekspertlar vaziyatni özgartiriş uçun eng boy odamlar va eng daromadli kompaniyalarning kapitaliga katta soliq solişni, uşbu mablağlarni soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoyaga investitsiya qilişni, işçilarni himoya qiliş uçun qatʼiy huquqiy standartlarni örnatişni va boşqalarni taklif qilmoqda.
Maʼlumot örnida, “Oxfam” hisob-kitoblari 2021 yilgi “Forbes” milliarderlar reytingi, şuningdek, Credit Suisse va Jahon banki maʼlumotlariga asoslanadi.









