Olimlar Yer aylanişi tezlaşganini maʼlum qildi. Bu ölçov tizimlariga taʼsir körsatişi mumkin

Olimlar Yer aylanişi tezlaşganini maʼlum qildi. Bu ölçov tizimlariga taʼsir körsatişi mumkin

Sönggi yillarda Yer tez aylanişni boşlagani sabab 2028 yil bir soniyaga qisqarişi mumkin. Bu haqda Butunrossiya fizika-texnika va radiotexnika ölçovlari ilmiy-tadqiqot institutining vaqt va çastotalarni çuqur örganiş hamda ölçaş bölimi boş ilmiy xodimi Vitaliya Palçikovga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Yer aylanişining anomal tezligini amaldagi ölçov tizimlari bilan şunday muvofiqlaştiriş kerakki, keyingi yilning boşlanişi navbatdagi aylaniş boşiga töğri kelişi kerak. «Olimlarning prognozlariga köra, ortiqça bir soniya 2028 yilda paydo böladi», — deydi Palçikov. Uning aytişiça, Yerning aylaniş tezligiga yadro inertsiyasining özgarişi taʼsir qilgan bölişi mumkin.

Olimning taʼkidlaşiça, oldinlari Yerning aylaniş tezligi juda sekin bölgan. Uni qoplaş uçun 1970 yillarda qöşimça 37 soniya qöşişga töğri kelgan.

Yanvar oxirida Pekin universitetining ikki olimi — U Yan va Syaodun Sun Nature Geoscience jurnalida maqola çiqargandi. Unda aytilişiça, Yerning içki yadrosi sekin aylanişni boşlagan, şuningdek, harakat yönalişi ham özgargan. Bunday omillar taʼsirida kunning uzoqligi yil davomida millisoniya uluşida özgaradi.

Tadqiqot asosini zilzilalar oqibatida hosil bölgan seysmik tölqinlar tahlili taşkil etgan. Olimlar 1960 yildan boşlab tölqinlar trayektoriyalarini örganib çiqqan va 2009—2020 yillar oraliğida içki yadroning aylanişini töxtaganini aniqlagan. Şu davrda uning yönalişi özgargan bölişi mumkin.

×