Pandemiya şaroitida Namangan şahar DXM qanday işlamoqda?

Pandemiya şaroitida Namangan şahar DXM qanday işlamoqda?

Bugun Özbekistonda koronavirus pandemiyasi aniqlangani bois karantin eʼlon qilinganiga bir oydan ötdi. Mana şu vaqt fuqarolarimizni köpgina sinovlardan ötkazdi. Avvalo xalq bölib birlaşişga, hamjihat, bamaslahat bilan kasallikka qarşi kuraşişga undamoqda. Karantin davrida Prezidentimiz hamda Hukumat boşçiligidagi maxsus komissiyaning tavsiya va körsatmalariga rioya qilgan holda uyda ötiriş, öz-özini yakkalaşga alohida eʼtibor berilmoqda. Bugun har bir vatandoşimiz bildiki, kasallikka qarşi yagona vaktsina - bu uyda bölib, tozalikka rioya qiliş, şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilib, oila atrofida bölişdir. Ammo, şunday taşkilot va korxonalar borki, ular hatto pandemiya davrida ham 24 soat işlaşlarini taqazo etardi.

Özbekistonda yangidan taşkil etilgan tizim Davlat xizmatlari agentligi va uning tarkibidagi 200 dan ortiq Markazlar xuddi ana şunday tahlikali vaziyatda ham aholi va tadbirkorlarning murojaatlariga kerakli davlat xizmatlarini körsatib kelmomoqda. Tahlillarga eʼtibor qaratadigan bölsak, mazkur bir oy davomida yurtimiz böylab karantin davri davom etayotgan bölsada xalqqa, xususan Namangan viloyatida 10 mingga yaqin davlat xizmatlari köratildi. Bu şunçaki raqamlar emas. Bu tahlikali vaziyatda har bir xizmatçi hayotini xavf ostiga qöyib körsatilgan davlat xizmatidir.

Yurtimizda 15 mart kuni koronavirus bilan kasallangan birinçi bemor aniqlanganidan tizim rahbariyati tomonidan avvalo xodimlar hayoti xavfsizligi uçun oraliq masofani uşlab aholiga xizmat körsatiş böyiça körsatma berildi. Bu hali karantin eʼlon qilinmagan payt edi. Tasavvur qiling yirik şaharlardagi markazlarda kuniga 500-800, hatto 900-1000 nafargaça, eng çekka tumanlarda esa 200-300 nafargaça fuqarolar davlat xizmatini oliş uçun markazlarga taşrif buyuradi. Demak, uşbu muassasalar virus tarqalişi uçun eng qulay maskanga aylanişi mumkin bölgan obʼektlardan biri edi.

Hatto uylaşga ham qörqadi odam. Mabodo birorta kasal bitta markazda paydo böldimi, u öz virusini yuzlab odamga yuqtiradi, kamiga yuzlab fuqaroga... Tizim rahbariyatining halovati yöqoldi. Har tong va iş yakunida hududiy boşqarmalar rahbarlari bilan onlayn rejimda tinimsiz vaziyat örganildi. Karantin eʼlon qilingandan söng esa zudlik bilan davlat xizmatlariga murojaat qiluvçilarni yakkalab markazga kiritib, xizmat körsatiş yölga qöyildi. Avvalida xalqning navbat köpayganiga eʼtirozi kuçaydi. Şu tobda onlayn xizmat körsatiş uçun murojaatlar qabul qilinişi böyiça piar guruhning ijtimoiy roliklari har bir xizmat oluvçining mobil qurulmalaridagi telegramm guruhiga taşlab berila boşlandi. Yirik markazlarning huvillab qolganiga könikiş qiyin bölarkan.

Vaziyat şu darajada taranglaşdiki, har soatda OAV orqali virusga çalinayotgan bemorlarning kun sayin ortib borayotgani haqida xabar tarqatila boşlandi. Davlatimiz rahbarining xalqimizga kilgan murojaati esa vahimasiz karantinni taşkil etiş uçun odamlarga katta dalda böldi. Bu orada köplab taşkilotlar karantin tufayli yopilib, masofadan turib işlaşga qaror qilindi. Çunki, u şaxsiy böladimi yoki davlat idorasi özini virusdan himoya qiliş uçun şu yölni tanlaşga majbur böldi. Ammo, davlat xizmatlari markazlari bunday yöl tuta olmasdi. Çunki, zarurat yuzasidan amalga oşirişi lozim bölgan qator yumuşlar bunga yöl qöymasdi. Tuğiliş va ölim bor ekan, uni qayd etiş yoki karantin davrida fuqarolarga hamda tadbirkorlarga zarur bölgan davlat xizmatlarini oliş muhim edi.

Har kun markazlarda iş yakunida dezinfektsiya işlari amalga oşirila boşlandi. Xodimlar tibbiy niqob va qölqoplar, antiseptik gellar bilan kunlik taʼminlandilar. Hatto markazga keluvçi keksalar va nogironlarga ham tibbiy niqoblar tarqatila boşlandi. Har bir murojaatçining tana harorati muassasaga kiraverişida teplovizorlar bilan ölçandi. Aholiga oraliq masofada xizmat körsatilişiga qaramay, bu vaziyat davlat xizmatçisi uçun xam, murojaatçi uçun ança xavfli edi. Har tong xodimlarning yaratganga tavakkal qilib işga kirişişiga guvoh böldik. Bu orada yurtimizda kasallik yuqtirgan odamlar soni kuniga 50-70 nafar kişiga orta boşladi.

Mart oyining oxirlarida esa Respublika maxsus komissiyasi mamlakatda avtomaşinalar harakatlanişiga katʼiy çeklov qöydi. Komissiya qarori bilan karantin davrida aholiga faqatgina dori-darmon, oziq-ovqat, yetkazib beriş xizmatlari uçun avtomaşinalar işlatilişiga ruxsatnoma berişni Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriş belgilandi.

Dastlab, bir kunda Namangan şahar davlat xizmatlari markaziga mingga yaqin murojaatlar kelib tuşdi. Hukumat karori bilan viloyat markazlarida joylaşgan davlat xizmatlari markaziga avtomaşinalarga ruxsatnomalar (stiker) beriş uçun vakolat berildi xolos. Çunki pandemiya davri xuddi şunday yöl tutişni taqozo etardi.

Murojaatlar şu qadar köp ediki, har bir hududda bir-biriga yaqin bölgan markaz xodimlari maxsus stikerlarni topşiriş böyiça işga jalb etildi. 20-30 nafar xodim tunu-kun işlay boşladi. Eng yomoni xalq va tadbirkorlar avtomaşinalariga stiker oliş uçun markazga katta oqimda kela boşladilar. Karantin qoidalari buzilayotgani qançalik tuşuntirilmasin, aholi bunday vaziyatga tayyor emasdi. Avtomaşinasi bor odam, heç yöqsa bozor öçar qiliş uçun stiker olişni hohladi. Juda tahlikali vaziyat, murojaatçilarning hohişi amalga oşirilmayotganidan fiğoni falak edi. Ammo, hududlar rahbarlari kerak bölganida har bir fuqaroga vaziyatni tuşuntirişdan çarçamadilar. Murojaatlarni körişda qatʼiy şartlar belgilandi. Kelib tuşgan arizalar avtomatik tarzda elektron tizim tomondan boşqarila boşlandi, şundagina markazga keluvçilar soni keskin kamaydi.

10 kundan ortiq davomida markaz mutaxassislari tun-u kun uç smenada işladilar. Şunday tobda kuzatganimiz şu böldiki, tizimda jonkuyar xodimlarning mehnati közga yaqqol körindi. Qançalik oğir bölmasin, har bir ariza örganildi. Markazlar orqali stikerlar beriş töxtaganidan sönggina markazlarda odamlar oqimi kamaydi. Tahlil qiladigan bölsak, uşbu jarayonda 2 mingdan ortiq ruxsatnomalar avtomaşina egalariga markazlar orqali taqdim etildi. Ayni kunda ham markazlarga zarurat yuzasidan kelib ketayotganlarga karantin qoidalariga asosan davlat xizmati körsatilmoqda.

Töğri, pandemiya davrida faolliyat yuritiş qançalik muşkul bölmasin, tizim xodimlari bu yumuşni sidqidildan amalga oşirmokdalar. Eng asossiysi bu kasallikni yuqtirmaslik uçun himoyalangan soha xodimlarining saʼy harakatlari bejizga ketmadi. Balki, hali baralla aytişga vaqt bordir, ammo kasallikning eng urçigan davri ortda qoldi va bu kasallik tizim xodimlariga hamla qila olmadi. Bu katta sinov. Davlat xizmatlari Agentligi xalqimiz boşiga kelgan ofatni yengişda doimo birga bölgani, oğir vaziyatda ham soha xodimlarining iş joylarida qolganining özi tizimning Hukumat uçun naqadar muhimligi va özini oqlaganining isbotidir.

Dilnoza Zokirova

Namangan şahar DXM boş mutaxassisi

×