Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanktsiyalar oqibatida Özbekistonga migrantlar tomonidan jönatilayotgan pul ötkazmalari miqdori 2022 yilda 21 foizga kamayişi kutilmoqda. Bu haqda Jahon banki ekspertlarining dastlabki hisob-kitoblarida keltirilgan.
Qayd etilişiça, Rossiyada iqtisodiy faollikning zaiflaşişi mehnat muhojirlarining bandligi va daromadlarini hamda öz yurtiga pul yuboriş imkoniyatlarini pasaytiradi. Bu Markaziy Osiyoning köplab mamlakatlariga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
2021 yilda pul ötkazmalarining 83 foizi Rossiyadan kelgan Qirğiziston Respublikasida 2022 yilda pul ötkazmalari dastlab prognoz qilingan ösiş surʼati 3 foiz örniga 33 foizga qisqarişi mumkin. Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston va Özbekiston ham 2022 yilda pul ötkazmalari oqimining keskin qisqarişini boşdan keçiririşi ehtimoli bor.
Xususan, Rossiyaga nisbatan joriy etilayotgan sanktsiyalar oqibatida Özbekistonga migrantlar tomonidan jönatilayotgan pul ötkazmalari miqdori 2022 yilda 21 foizga kamayişi kutilmoqda









