Özbekisston musulmonlari idorasining maʼlum qilişiça, hududlarda pandemiyadan oldin navbatda turgan fuqarolar röyxatlarini şakllantiriş, aviaqatnov jadvallarini işlab çiqiş, qöşimça tölovlarni amalga oşiriş va ziyoratçilarni tibbiy körikdan ötkaziş işlari boşlab yuborilgan.
Idora ayni kunlarda Özbekiston musulmonlari idorasiga OAV vakillari va mömin-musulmonlardan Umra ziyorati böyiça juda köp savollar bölayotgani uçun ularning ayrimlariga javob berdi.
Umra safari qaçondan boşlanadi?
– Alloh nasib etsa, 2022 yil 22 yanvar kuni birinçi reysni Saudiya Arabistoniga uçirişga tayyorgarlik körilmoqda. Şundan söng 25, 28 yanvar kunlari ham navbatdagi reyslar amalga oşiriladi. Kelgusida muborak safarga reyslar sezilarli darajada oşirib boriladi, inşa Alloh.
Boşlanayotgan Umra safariga qaçon röyxatga yozilgan fuqarolar jönatiladi?
– Joriy Umra mavsumida birinçi navbatda pandemiyadan oldin, yaʼni 2020 yil fevral oyi oxiriga qadar Umra ziyorati uçun tölovlarni amalga oşirib, safarga bora olmagan fuqarolar yuboriladi.
Umra tölovi qança etib belgilandi?
Qayd etganimizdek, pandemiyadan oldin, yaʼni 2020 yil fevral oyiga qadar umra ziyorati uçun oxirgi belgilangan tölovlarni amalga oşirganlar qöşimça ravişda 4 770 000 söm mablağ tölaydilar. Uşbu qöşimça tölovni belgilaşda, mehmonxonalarda ziyoratçilarning xonalarga, avtobuslarda örindiqlarga joylaştirişda oraliq masofa hisobiga 50 foizgaça qisqartiriş, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatiş, örnatilgan boşqa karantin tartib-qoidalarini taʼminlaş, 15 foiz Saudiya QQS soliği kabi sarf-xarajatlar ham hisobga olingan. Şuningdek, Makka va Madina şaharlarida eng zamonaviy mehmonxonalar ziyoratçilarga xizmat qiladi.
Mazkur tölovlarni amalga oşirişda ziyoratçilarga qulaylik yaratiş maqsadida, “Aloqabank” ATning barça filiallarida har kuni, hatto şanba va yakşanba kunlari ham qabul qilinadi.
Ziyoratçilar uçun qaysi vaktsina bilan emlaniş talab etiladi?
– Umra safariga boruvçi fuqaro COVID-19 ga qarşi “Astra-Zeneca”, “Moderna”, “Pfizer” yoki “Johnson & Johnson” vaktsinalari bilan töliq emlanib, sertifikatga ega bölişi lozim. Talab qilingan vaktsinalarni emas, balki “Sputnik V” va Özbekiston-Xitoy kabi vaktsinalar bilan töliq emlangan fuqarolar yuqorida sanalgan vaktsinalardan biri bilan 1 marta emlanişi kifoya qiladi.
Saudiya Arabistonida qanday karantin talablari örnatilgan?
– Saudiya Arabistoni hududiga Umra ziyorati uçun kirayotgan xorijlik fuqaro talab etilgan vaktsinalar bilan emlangan bölib, bu töğridagi sertifikatga va 48 soatlik PZR testiga ega bölişi, ziyoratçi özi bilan 30 ta tibbiy niqob olişi (har 4 soatda almaştiriş uçun) va Saudiya Arabistonida doimiy tibbiy niqobda yurişi va oraliq masofaga rioya qilişi belgilangan. Taʼkidlaş kerakki, tibbiy niqob taqmaganlik uçun 300 AQŞ dollari miqdorida jarima belgilangan. Ziyoratçilar Umra safari yakunida Vatanga qaytişdan avval öz hisoblaridan Makka şahridagi mehmonxonada PZR test topşirişlari kerak böladi.
Umra safari uçun yangi navbatlar qayerda yoziladi?
– 18 yoşdan katta bölgan Özbekiston fuqarosi umra safariga boriş uçun özi röyxatda turgan mahalla fuqarolar yiğiniga şaxsini tasdiqlovçi hujjat bilan çiqib, umra safari uçun oçilgan maxsus daftarga röyxatga yoziladi va şu haqdagi maʼlumotnomani oladi. Uşbu daftar böyiça navbati kelgan fuqaroni MFY tuman-şaharga tavsiya beradi. Söng hududdagi poliklinikada tibbiy körikdan ötadi. Natijalar yaxşi çiqsa, umra uçun belgilangan tölov summasini tölaydi. Şuningdek, xorijga çiqiş pasporti, tibbiy körikdan ötgani, vaktsina olgani töğrisidagi maʼlumot va sertifikat va tölov qoğozining nusxasini taqdim qiladi.









