Haj va Umraga ruxsat berilişi kutilyapti

Haj va Umraga ruxsat berilişi kutilyapti

Özbekiston rasmiylari Haj va Umra safarlarini hal etiş uçun Saudiya Arabistoniga jönab ketdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi maʼlum qildi.

Bugun, 1 dekabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga uçib ketdi.

Safar davomida Özbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Transport boşqarmasi, xizmat körsatuvçi şirkatlar, banklar rahbarlari hamda Makkai mukarrama amiri bilan uluğ ibodatlarni ado etiş yuzasidan muhim kelişuvlar amalga oşiriladi.

«Ayni kunlarda yurtimiz mömin-musulmonlari katta intiqlik bilan umra mavsumining boşlanişini kutişmoqda. Umid qilamizki, tez orada mavjud ehtiyot çoralari ham yumşab, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin umra ibodatlarini ado etiş saodatiga erişadilar», deyiadi xabarda.

Ötgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo mömin-musulmonlariga Haj va Umra amallarini ado etiş töxtatib qöyilgandi. Sönggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni va Özbekistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat yaxşilanayotgani, kunlik kasallaniş darajasi kamayayotgani, vaktsina olgan aholi miqdori oşib borayotgani va çeklovlar yumşatilayotgani yangi muborak safarlarga yöl oçişi mumkin.

×