Qaysi davlatlar pandemiyadan birinçi qutulişi başorat qilindi

Qaysi davlatlar pandemiyadan birinçi qutulişi başorat qilindi

AQŞ, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Hindiston kelasi yilda pandemiyadan çiqişi mumkin. “Reuters” agentligi taniqli epidemiologlar örtasida ötkazilgan sörovnomaga asoslanib, şunday prognozni eʼlon qildi.

Olimlarning fikriga köra, qayd etilgan mamlakatlar koronavirusga qarşi emlaniş va kasallikka çalinganlarda hosil bölgan tabiiy immunitetning öziga xos kombinatsiyasiga ega böladi. Bu davlatlarda COVID yana bir mavsumiy kasallikka aylanişi mumkin.

“Bugundan 2022 yil oxirigaça, biz uşbu virus ustidan nazoratni qölga kiritişga, kasallikning oğir şakliga çaliniş kamayişiga va ölim sezilarli darajada qisqarişiga erişişga işonamiz”, degan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş epidemiologi Mariya Van Kerkxov.

Şu bilan birga, mutaxassislar COVID-19 koronavirusi uzoq yillar davomida dunyo aholisi ölimining asosiy sabablaridan biri bölib qolişi haqida ogohlantirmoqda. Olimlarning bir qismi u qizamiq kabi harakat qiladi: emlaş darajasi past bölgan davlatlarda epidemiyalarni keltirib çiqaradi, degan fikrda. Boşqasiga köra, COVID-19 köproq grippga öxşaydi.

“Heç kim, baʼzilar aytganidek, “qiyomat stsenariysi”ni butunlay inkor etmadi, bunda virus qiyinçilik bilan qölga kiritilgan immunitetga yon beriş darajasigaça mutatsiyaga uçraydi”, degan mutaxassislar eng yomon stsenariy haqida.

×