Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan yer uçastkalari olib qöyilişi va olib qöyilayotgan yer uçastkasida joylaşgan köçmas mulk obʼektlari mulkdorlariga kompensatsiya beriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, mazkur Nizom asosida hokimiyat va “uçar tadbirkor”lar aholi rozimi yöqmi köndalang “qöyib qöygan” holda “hududning arxitektura qiyofasini yaxşilaş” niqobi bilan fuqarolarning uy-joylarini buzdirib, özlariga foyda beradigan obʼektlarni qurib, sotiş bilan şuğullanib kelişayotgandi.
Nizomga köra qaysidir hududda fuqarolarning köçmas mulklarini buziş hisobiga investitsiya loyihasini amalga oşiriş kerak bölsa, dastlab öşa joyning mulkdorlari bilan oçiq muhokama ötkazilişi kerak.
Endi nizomga özgartiriş kiritilib, öşa oçiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan yer uçastkasida investitsiya loyihasi amalga oşirilişiga bitta mulkdor qarşi bölgan taqdirda ham mazkur hududda uşbu investitsiya loyihasini amalga oşirişga yöl qöyilmasligi belgilab qöyilibdi.
“Bu menimça fuqarolarning mulk daxsizligini taʼminlaş yölidagi yaxşi amaliy qadam.
Biz biznes yuritiş, investitsiya oqimini kuçaytiriş, eng muhimi fuqaro va davlat örtasidagi işonçning mustahkamligida bu talab qançalar zarur ekanligini kördik.
Endi bu kamçiliklarni keç bölsa ham töğirlab, sudsiz yoki kompensatsiyasiz mulklaridan mahrum bölib, yillab sarson yurgan fuqarolar oldidagi qarzimizni qoplaşimiz kerak”, degan Kuşerboyev.









