Namangan viloyati quriliş sohasi böyiça nazorat inspektsiyasi fuqaro Z.Oxunovning murojaatiga asosan, Namangan şahar Davlatobod tumani “Irvadon” MFY Uluğbek köçasi, 100-uy hududida “ELOBOD CITY APARTMENTS” MÇJ tomonidan yangi qurilayotgan 15 qavatli turar-joy kompleksida örganiş işlarini olib bordi. Fuqaro özining murojaatida MÇJ tomonidan olib borayotgan quriliş işlari noqonuniy ekanligini aytgan.
Xabarga köra, yangi qurilayotgan mazkur kompleksning 9 ta 15 qavatli turar-joy binolari qurilişi hududiy inspektsiyadan 2022 yil 6 sentyabrda röyxatdan ötkazilgan va quriliş-montaj işlari boşlangan.
Boşqa fuqarolar kabi, Z.Oxunovga tegişli xonadon mazkur 12 ta 15 qavatli turar-joy kompleksining 2/7 va 2/8-sonli binolar örnida joylaşganligi sababli “snos”ga tuşgan. Ammo tomonlar kompensatsiya masalasida kelişuvga erişilmaganligi sababli uy buzilmasdan qolib ketgan.
Natijada fuqaro Z.Oxunovga qaraşli hovli bilan arizada keltirilgan 2/6-sonli 15 qavatli turar-joy binosi quriliş işlari uçun kavlangan handaq (kotlovan) oraliğidagi masofa ruxsat etilganidan kamligi, yaʼni 5,0 metrni taşkil etgan.
Şu munosobat bilan “Şaharsozlik kodeksi”ning 8-moddasi”«Yuridik va jismoniy şaxslarning, jamiyat va davlatning şaharsozlik sohasidagi manfaatlari” talablarini buzilişi sifatida tavsiflanib, bunday faoliyat tugatilişi yoki çeklanişi lozimligi belgilangan.
Yuqoridagilarga va hududiy inspektsiyaning “Arxitektura loyihalaş va boş rejalarga rioya qiliş ustidan nazorat bölimi” yetakçi mutaxassisi M.Saydahmedovning
“Bildirgi”siga asosan “ELOBOD CITY APARTMENTS” MÇJ rahbari N.Mamajanovga hududiy inspektsiyaning 2022 yil 13 oktyabrdagi “Qurilişni töxtatiş töğrisida yozma körsatma”si berilib, şu kundan obʼektning 2/6-sonli 15 qavatli turar-joy binosida quriliş işlari töxtatildi hamda ijrosi hududiy inspektsiya nazoratiga olingan.
manba: Effect.uz









