Nur-Sulton dunyo xaritasidan yöqolişi mumkin

Nur-Sulton dunyo xaritasidan yöqolişi mumkin

Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton şahrini qaytadan Ostona deb nomlaş uçun imzo töplaş boşlandi. Bu haqda KazTAG xabar berdi. 

Qayd etilişiça, tegişli petitsiya Internetda paydo bölgan. Hozirda petitsiyaga 80 ming kişi qöl qöygan. Mualliflarning taʼkidlaşiça, poytaxt Nur-Sulton nomi odamlar tomonidan salbiy qabul qilinadi, kundalik hayotda aholi avvalgi nomidan foydalanadi.

“2019 yil mart oyida Qozoğiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakat poytaxti nomi Nur-Sulton deb özgartirildi. Uşbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda va oddiy odamlar hayotida salbiy qabul qilindi, hozirça kundalik hayotda faqat avvalgi nom qöllaniladi. Jamoatçilik fikriga köra, Qozoğiston Prezidenti, hukumati va parlamentidan mamlakat poytaxtini avvalgi nomiga qaytarişni söraymiz”, deyiladi murojaat matnida.

Şuningdek, mualliflar Qozoğistonning barça şaharlaridagi obiq Prezident Nursulton Nazarboyev nomidagi köçalarga “mamlakat davlatçiligi, birligi va mustaqilligini taʼkidlovçi” neytral nomlar berişni taklif qilmoqda.

“Masalan, Olma-otadagi Nazarboyev şoh köçasi “Respublika prospekti” deb nomlanişi mumkin”, deyiladi murojaatnomada.

Aytiş joizki, 2019 yilda Qozoğiston poytaxti nomini Ostonadan Nur-Sultonga özgartiriş taxminan 125 million dollarga tuşgan.

Maʼlumot uçun, 2019 yilda mamlakatni 28 yil boşqargan Nazarboyev isteʼfoga çiqqaç, öşa vaqtdagi Prezident vazifasini bajaruvçi Qosim-Jomart Töqayev parlamentga poytaxtga Birinçi Prezident nomini berişni taklif qilgandi.

×