Koronavirus pandemiyasi nafaqat odamzotga, balki dunyo okeaniga tahdid solmoqda. Bu haqda CNN eʼlon qilgan maʼlumotlarga gap boradi.
Pandemiya natijasida hosil bölgan çiqindilar, jumladan tibbiy niqoblar, qölqoplar va römolçalar suv havzalari, okeanlarga çiqib ketmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, ötgan oy har yili ötkaziladigan Xalqaro qirğoqlarni tozalaş tadbirida 62210 dona şaxsiy himoya vositalari buyumlari, şu jumladan bir marta işlatiladigan maskalar va qölqoplar töplangan. Bu har yili sentyabr oyida ötkaziladigan dunyodagi eng katta köngillilik harakati bölib, unda önlab mamlakatlar iştirokçilari iştirok etişadi, ular okean va suv yöllaridan plastmassa va dengiz çiqindilarini olib çiqib ketişadi.
Bu yil 76 mamlakat aʼzolari qirğoqlarnii tozalaşda qatnaşdi va kamida 800 tonnaga yaqin axlat yiğildi Ön minglab şaxsiy himoya vositalari çiqindisi ham yiğilgan.
«Okeanlardagi plastik çiqindilarning taxminan 80 foizi quruqlikdan kelib çiqadi», - dedi Kaliforniyada joylaşgan «Surfrider Foundation» notijorat taşkiloti boş direktori Çad Nelsen. «Köçada körmagan har qanday niqob yoki qölqop, ehtimol böron drenajiga, daryoga, keyin okeanga tuşadi».
Nelsenning taʼkidlaşiça, bir martalik işlatilgan niqob va qölqoplarning xavfsiz joyi axlatxonalardadir. Olimlarning fikriga köra, dengizlar çiqindilarning zararli taʼsiriga tuşib qolişi mumkin.









