Orzuga ayb yöq! Qirğiziston dunyo tartibini öz qöliga olmoqçi

Orzuga ayb yöq! Qirğiziston dunyo tartibini öz qöliga olmoqçi

Qirğiziston BMT Xavfsizlik Kengaşining 2027-2028 yillardagi doimiy bölmagan aʼzoligiga öz nomzodini ilgari surdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Nyu-Yorkda (AQŞ) BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasining umumiy muhokamasida söz oçdi. 

Uning gaplariga qaraganda, hozirgi xavf va tahdidlarni hal etişda muvaffaqiyat qozoniş uçun samarali xalqaro xavfsizlik tizimini barpo etiş zarur. 

“Uşbu mexanizmning asosiy elementi BMT Xavfsizlik Kengaşidir. Bugun har qaçongidan ham dolzarbroq bölib, uşbu organni yanada adolatli va vakolatli qiliş, qarorlar qabul qilişda konsensusga erişiş qobiliyatini rivojlantiriş uçun uning faoliyati samaradorligini oşiriş zarur”, deydi Sadir Japarov. 

U BMT Xavfsizlik kengaşini isloh qiliş böyiça muzokaralarda taraqqiyotni taʼminlaş zarurligini taʼkidladi.

Japarovga köra, Qirğiziston samarali tinçlik örnatiş, inson huquqlarini hurmat qiliş va tinçlik jarayonlarida ayollarning teng iştiroki, rivojlanayotgan, kiçik, kam rivojlangan va kiçik orol mamlakatlari manfaatlarini ilgari suriş va himoya qiliş orqali tinçlik va xavfsizlikni saqlaşga öz hissasini qöşişga tayyorligini bildiradi.

Sadir Japarov davlatlar örtasidagi munosabatlarda işonç, hamjihatlik, universallik kabi tamoyillarga amal qiliş zarurligini bildirdi. 

“Şundagina biz birgalikda global va mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini tiklay olamiz”, deydi u.

Xavfsizlik Kengaşini isloh qiliş böyiça çaqiriqlar BMT Boş Assambleyasida birinçi marta yangrayotgani yöq. Biroq, Markaziy Osiyo mamlakatlari bunday taklif bilan çiqmagan. Aʼzolik masalasi bu tarzda aniq taklif bilan kiritilmagan. 

Xavfsizlik Kengaşini isloh qiliş haqida anʼanaga köra, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan gapirib keladi. U bu safar ham Boş Assambleyaning 78-sessiyasi umumiy siyosiy bahslarida yana jahon taşkilotini Xavfsizlik kengaşi tarkibini kengaytirişga çaqirdi. 

Şuningdek, sessiyada Sloveniya Respublikasi Prezidenti Nataşa Pirts-Musar, Yaponiya Boş vaziri Fumio Kisida BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy va doimiy bölmagan aʼzolari sonini oşiriş kerakligini bildirdi. Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun esa Falastin davlatini Birlaşgan Millatlar Taşkilotining doimiy aʼzosi sifatida tan olinişi tarafdori va bu masala böyiça BMT Boş Assambleyasining maxsus sessiyasi ötkazilişi kerakligini aytdi. 

Xavfsizlik kengaşi

Xavfsizlik Kengaşi xalqaro tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaş uçun asosiy masʼuliyatni öz zimmasiga oladi. Xavfsizlik Kengaşi BMTning ön beş aʼzosidan iborat. Har bir aʼzo bitta ovozga ega. Taşkilot aʼzolari uşbu Nizomga muvofiq Xavfsizlik Kengaşi qarorlariga böysuniş va ularni bajarişga rozi böladilar. 

Xavfsizlik Kengaşi tinçlikka tahdid yoki bosqinçilik harakati mavjudligini aniqlaşda etakçi rol öynaydi. U nizo tomonlarini uni tinç yöl bilan hal qilişga undaydi va hal qiliş usullarini yoki hal qiliş şartlarini tavsiya qiladi. Baʼzi hollarda Xavfsizlik Kengaşi xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş yoki tiklaş uçun sanktsiyalar qöllaşi yoki hatto kuç işlatişga ruxsat berişi mumkin. 

AQŞ, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Frantsiya uning doimiy aʼzosi hisoblanadi.


Teglar:
×