Markaziy Osiyo kelajakda Özbekistonga boğliq bölib qoladi – “The Economist”

Markaziy Osiyo kelajakda Özbekistonga boğliq bölib qoladi – “The Economist”

Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari içida yagona lider bölib qoladi. Asosiy raqobatçi sanalgan Qozoğiston esa rivojlaniş örniga tanazzulga yuz tutmoqda. Bu haqda “The Economist” naşrining maqolasida söz boradi. 

Maqola mualliflari Özbekiston 2016 yildan buyon qanday katta qadam taşlagani va Markaziy Osiyodagi boşqa mamlakatlardan qançalik özib ketganini taʼkidlagan. Asosiy raqobatçi sanalgan Qozoğiston esa rivojlaniş örniga tanazzulga yuz tutdi. 

Naşrning yozişiça, Qozoğistonda degradatsiya ketmoqda. U yerda korruptsion klan hukmronlik qilib, aqlli odamlar mamlakatdan çiqib ketmoqda, qolaversa, radikal islom özini namoyon qilmoqda. Qozoğiston xomaşyo muammolari bilan kuraşmayapti, balki taşqi omillarga boğliq bölib qolmoqda. Özbekiston esa ijobiy misol tariqasida keltirilgan. 

“Özbekistonda atrof-muhit va qisman iqtisodiyotda muammolar mavjud bölişiga qaramay, sönggi 5 yil içida mamlakat özgarişlarga erişdi. Daromadlar sezilarli darajada bölmasa-da ösib bormoqda, oliy maʼlumotli odamlar soni köpaymoqda, radikal diniy jamoalar deyarli yöq. Ayollar esa erkaklar bilan teng ravişda rahbarlik lavozimlarini egallaydilar. Özbekiston yanada ösişi kerak, çunki ayollarni hamma ham tan olavermadi, lekin köpçilik zamon bilan hamnafas, IT mutaxassislariga bu respublikada talab katta”, deb yozadi “The Economist”.

Naşrning taʼkidlaşiça, Markaziy Osiyo kelajakda Özbekistonga boğliq böladi, çunki mamlakat mintaqadagi asosiy kuç va iqtisodiy poydevorga aylanadi.

×