Turinning “Yuventus” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu rasmiy öyinlarda eng köp gol uriş böyiça jahon rekordini takrorladi. Bu haqda “Squawka” tomonidan xabar berilgan.
Manbaga köra, Italiya çempionatining 17-tur uçraşuvida “Sassuolo” darvozasiga urilgan gol 35 yoşli portugaliyalik uçun 759-gol bölgan.
Uşbu körsatkiç bilan “Oltin töp” mukofotining beş karra sohibi Avstriya va Çexoslovakiyaning sobiq hujumçisi Yozef Bitsanga yetib olgan. Uning ham hisobida 759 ta gol mavjud.
Maʼlumot uçun, Braziliya terma jamoasidagi uç karra jahon çempioni Pelening hisobida 757 ta gol bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq portugaliyalik forvard gollar soni böyiça futbol afsonasi Peledan özib ketgani xabar qilingandi.









