Rossiyaning “Ilifiya” savdo belgisi homiladorlar uçun uy şaroitida işlatadigan va qölda kötarib yursa ham böladgan ixçam qurilma işlab çiqardi. U homiladorlik davrini haftaning 7 kunida 24 soat davomida nazorat qila oladi. Tuğilajak bolaning yurak qisqarişlari, harakat faolligi kabi muhim omillar böyiça maʼlumot beradi.
Bu homilador ayol bilan birga şifokorlar uçun ham katta qulaylik bölib, xavfli vaziyatlardan oldindan ogoh böliş va zurur çorani vaqtida köriş imkonini beradi. Albatta, bu bolalarning soğlom dunyoga kelişida asos bölib xizmat qiladi.
Qurilma monitori sensor ekranga ega. Unda körsatilgan maʼlumotlarni mobil aloqa orqali şifokorga jönatiş mumkin.
Mazkur “möʼjiza” Akuşer-ginekologiya va perinatologiya ilmiy markazida sinovdan ötkazildi. Tibbiyot fanlari nomzodi Yuriy Naberejnevning aytişiça, uşbu texnika homila holatidan töliq xabardor bölişda tibbiyot muassasalardagi apparatlardan qolişmaydi. Ayniqsa, egiz va asoratli homiladorlikda undan foydalaniş birlamçi zaruratga aylanadi.
Lekin undagi natijalar orqali onaning özi xulosa yasamaydi, balki ginekologga jönatadi. Yaʼni, taşxis qöyiş şifokorga yuklanadi.









