2021 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining pasport-viza xizmati vakolatxonasi oçiladi hamda uşbu vakolatxonada patentni tayyorlaş, rasmiylaştiriş va beriş xizmatlari körsatiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bugun, 14 sentyabr kuni imzolagan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg (90 mingga yaqin mehnat migrantlari işlamoqda), Novosibirsk (200 ming nafar), Samara (100 ming nafar), Ufa (70 ming nafar), Çimkent (100 ming nafar) va Istanbul (300 ming nafar) şaharlaridagi vakolatxonalari oçiladi.
Çet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tuşgan va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, mablağlarsiz qolgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming söm (40 doll) bir martalik moddiy yordam körsatiladi hamda uşbu maqsadlarga 4,1 mlrd söm mablağ ajratiladi.
Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federatsiyasi hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz” taşkil qilinadi.
Şuningdek, xorijiy mamlakatlarda Özbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam yordam körsatib kelayotgan şaxslarni “faxriy konsul” hamda “jamoat maslahatçisi” etib tayinlaş hamda ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlaş amaliyoti joriy qilinadi.
Diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalari huzurida xorijdagi vatandoşlar, yirik iş beruvçilar hamda Özbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravişda yordam körsatib kelayotgan boşqa şaxslar iştirokidagi Maslahat kengaşlari taşkil etiladi.









