Amerikadagi IT-kompaniya – Trainual direktori Kris Ronzio öz xodimlariga şunday xitob bilan çiqdi. Bu öz jamoasini şakllantirişdagi öziga xos va noodatiy usuldir.
U kompaniyaga yangi işga kirgan va 2 haftadan keyin böşaş haqidagi arizasini yozgan xodimlarga 5 ming dollar vaʼda qilmoqda. Maqsadi – jamoa madaniyatini takomillaştiriş. Direktor şu yöl bilan eng zör va sodiq kadlarni saqlab qoliş va kelajakda ular bilan işlaş niyatida. Pulga uçadiganlarni vaqtida pul bilan “dumini tugib qöygan” afzal, deb hisoblamoqda.
Rahbar “Kim işdan böşasa, pul beraman” eʼlonini 2021 yil may oyida berdi. Hayrlaşuv badalini 2 yarim ming dollar etib belgiladi. Ajabtovur taklifni eşitgan hamma qöliga qoğoz va qalam olib, ariza yozişga tuşgandir, deysizmi? Xoh işoning, xoh işonmang – yöq! Kompaniyaning 38 ta işçisidan birortasining işdan böşagisi kelmadi.
Söng direktor mablağ miqdorini ikki barobar oşirib, yaʼni 5 ming dollarga çiqarib, xodimlarini sinaşda davom etdi. “Bu öz işini sevadigan, sadoqat va masʼuliyat bilan işlaydigan kadrlar uçun zör motivatsiya. Mazkur xususiyatlarga ega bölmagan xodimlarni uzoq uşlab nima qildim?! Pul berib ham ketkazişga roziman. Şundoğam bunday işçilar taşkilotga foyda keltirmay, pulni kökka sovuradi” – dedi Kris Ronzio.









