AQŞda vertolyotdan odamlar ustiga minglab dollar pul soçildi

AQŞda vertolyotdan odamlar ustiga minglab dollar pul soçildi

AQŞning Detroyt şahrida vertolyot osmondan odamlar ustiga minglab dollarlarni soçdi. Bu haqda “Detroit News” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, uşbu voqea 27 iyun kuni Gratiot avenyusi va Konner köçasi yaqinida sodir bölgan. Guvohlarning aytişiça, bir vertolyot osmondan odamlar ustiga minglab dollarlarni soçgan. Issiq kunda bu hodisa köçalarda harakatlanayotgan fuqarolarga kutilmagan quvonç olib kelgan.

Yaqin atrofdagi Motor City Coney Island restoranida işlovçi Anaya Toney voqeaga şaxsan guvoh bölgan. U pul yoğilayotganini anglagaç, köçada odamlar töplanib, maşinalar töxtab qolganini körgan. Toneyning aytişiça, Gratiot böylab harakatlanayotgan barça olti yönalişdagi maşinalar bir neça daqiqaga töxtab, haydovçilar yöl örtasida maşinalaridan tuşib, pul tomon yugurgan.

Politsiya voqea joyiga yetib kelib, Gratiotning bir qismini 30 daqiqaga yopgan. Hozirça Detroyt politsiyasi bu voqea yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Qayd etilişiça, uşbu pul yoğdiriş bir avtoyuviş şoxobçasi egasining oxirgi istagi bölgan. U olamdan ötayotganda buni oxirgi istak sifatida aytgan.

Bildirilişiça, pul yoğilgan hududga odamlar töplangan bölsa-da, voqea tinç ötgan. Heç qanday janjal bölmagan.


Teglar:
×