Nogironligi bölgan yoşlarga subsidiya ajratiladi

Nogironligi bölgan yoşlarga subsidiya ajratiladi

Subsidiya har yili uşbu şaxslarning 500 nafariga ajratiladi.

“Nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligiga kömaklaşiş hamda ijtimoiy faolligini yanada oşirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. 

Unga köra, 2022 yil 1 yanvardan Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilgan iş beruvçilarga har bir xodim uçun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

 2022 yil 1 martdan:

➖ bolalikdan nogiron bölgan şaxslar va I va II guruh nogironlari daromad soliği böyiça imtiyoz mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigaça oşiriladi;

➖ 2024 yil 1 martgaça iş beruvçilarga nogironlar uçun tölangan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan töliq qaytarib beriladi.

Bundan taşqari, davlat buyurtmaçilari nogironlar jamoat birlaşmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qiliş böyiça töğridan-töğri şartnomalar kelişuviga erişiladi.

Yoşlarga oid davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan har yili 500 nafargaça nogiron yoşlarga quyidagilar uçun subsidiya ajratiladi:

●  axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlaş amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni örgatiş;

●  tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxs sifatida davlat röyxatidan ötganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qiliş uçun.

Şuningdek, “El-yurt umidi” jamğarmasi hisobidan 2022 yildan har yili tanlov asosida 20 nafargaça nogiron yoşlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda taʼlim olişi taşkil etiladi.

×