Toşkent viloyati hududidagi 64 ta maktab töliq va 8 ta taʼlim muassasasining faqatgina 11 sinf öquvçilari onlayn taʼlimga ötkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Şuningdek, 9 ta maktabgaça taʼlim taşkilotida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. 7 ta MTT töliq va 2 ta guruh onlayn rejimga ötqazildi.
Xabarga köra, viloyatda jami 891 taʼlim muassasasi, 514 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti mavjud.
Şuningdek, Böstonliq tumanidagi 1, 2 sonli kasb-hunar maktablari, Çirçiq şahridagi Çirçiq tibbiyot texnikumi,ÇDPI akademik litseyi va Çirçiq davlat pedagogika instituti hozirgi iş faoliyatlarini onlayn rejimda olib borişmokda.
Avvalroq, Özbekiston böylab karantinga olingan maktablar soni 243 taga yetgani xabar qilingandi.









