Qozoğiston voqealaridan qanday xulosa çiqarişimiz lozim?

Qozoğiston voqealaridan qanday xulosa çiqarişimiz lozim?

Qöşni davlatdagi voqealar ogohlikka undaşi tabiiy. Bunday noroziliklar dastlabki bosqiçidayoq muloqot yöli bilan hal etilişi zarurligi, şu bilan birga xavfsizlikka tahdid ham real baholanişi lozimligi kundek ravşan böldi. Yana qator mulohazalar borki, ayrim muammolarning yeçimi bugungi kunda köp muhokamalarga sabab bölayotgan mavzularga nuqta qöyişi aniq.

  1. Bizda ham lokal noroziliklar bölib turadi, bu tabiiy. Ana şunday vaziyatda rahbarlar panalab olmasdan darhol aholi bilan uçraşişi, ularni jazolaş yölini izlamay dardini tinglaşi şart;
  2. Yoqilği narxi va taʼminotida juda ehtiyot böliş lozim. Bu mahsulot isteʼmolçilari nisbatan faol qatlam hisoblanadi va keskin oşirilişlarni juda oğriqli qabul qilişadi;
  3. Iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda aholini gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlaşni kuçaytiriş zarur. Dotatsiya usulini kam taʼminlanganlar uçun saqlab qolib, bozor şartlari asosida taʼminlaşni yölga qöyişni öylab köriş fursati kelgan. Çunki amalda aholi baribir kömir va ötin uçun bundan ança köproq sarflayapti, ammo qiynalişda davom etyapti. Hatto importni oşirgan holda taʼminotni yaxşilaş ham özini oqlaşi aniq. Öğirliklar, qinğirliklarni bahona qilmaslik kerak. Zamonaviy texnologiyalar buning yeçimini allaqaçon topgan;
  4. Konvertatsiyani yengdik, propiskani yengdik, çegaralarni oçib, hamma bilan döst böla oldik. Nahot endi özimizda işlab çiqarilgan avtomobil xaridi va parvozlarda ojiz qolsak, tilimiz qisiq bölib ötirsak?! Şunday monopoliyalardan şartta voz keçib bölsada, bu masalalarni uzil-kesil hal qiliş zarur;
  5. «Tonirovka», «rastamojka», baland jarimalar kabilar bugungi kunda endi mayda-çuyda sifatida qaralişi va darhol hal qilinişi lozim. Toki aholining köziga qumday tuşib, diqqatini oşirmasin. Umuman, tonirovkadan katta pul undiriş na dunyoviy qonunlar, na adolatga mosligi şu qadar köp taʼkidlandiki, endi ham bu mavzuni davom ettiriş şunçaki uyat darajaga çiqdi;
  6. Kontraktlar aksariyat qatlam daromadlariga nisbatan qimmatligi haqiqat. Agar ularni kamaytiriş iloji yöq ekan, talabalar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratib beriş kerak. Kontrakt miqdorini talabaning özlaştirişi, ilmiy salohiyatiga boğlaş mexanizmini yaratiş lozim. Yaʼni qança yaxşi öqisa, şunça kam tölasin, juda zör natija körsatsa, umuman tölamasin hatto. Şuningdek, turli grantlar tizimini ham rivojlantiriş kerak;
  7. Taʼlim va tibbiyotda maoşlarni real oşiriş hamda raqobat muhitini kuçaytiriş böyiça qarorlar ijrosiga jiddiy qaraş kerak. Toki odamlar buni çindan his qilsin, bu tizimdagi mayda poraxörlik kamaysin, bemor öz dardi yetmagandek taʼmagir şifokordan oğrinmasin;
  8. Uy-joy bilan taʼminlaş tizimida maksimal yengillik va qulaylik yaratiş lozim. Aholi ham uyli bölsin, ham aniq maqsadli;
  9. Hokimlarni saylaşga ötişni tezlaştiriş, vazirlarni tayinlaş jarayonini şaffoflaştiriş zarur. Toki bugun vaʼda bergan odam ertaga javob bersin, işni bitirib qoçib qoliş payida bölmasin. Kursisi omonatligini his qilib işlamasin;
  10. Parlament jonlanişi, deputatlar köproq özini körsatişi, yana reallikdan uzoqlaşa boşlagan markaziy OAV xalqçillikka qaytişi lozim;
  11. Korruptsiya va nepotizmga qarşi kuraşiş maişiy darajadan elita bosqiçiga ötişi zarur. Şuningdek, yirik poraxörlik holatlaridagi sud jarayonlari şaffof bölişi, imkon bölsa töğridan-töğri efirga uzatilişi kerak;
  12. Eng zarur oziq-ovqatlar xaridi va kommunal tölovlarda tabaqalaştirilgan tizimni joriy qilişni öylab köriş lozim. Bunga yetarliça iqtisodiy salohiyat bor, faqat aniq va şaffof mexanizmini işlab çiqiş kerak xolos;
  13. Şaxsiy mulkning mutlaq daxlsizligini taʼminlaş zarur. Snoslar ortidan kuyib qolişlar endi ötmiş sarqiti – bugungi kunga umuman yaraşmaydigan holat;
  14. Sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erişişda şundoq ham keçikdik. Ularning hatto ijro hokimiyati oldida ham ojiz bölib qolişi jahon hamjamiyati oldida şarmandalikdan özga narsa emas. Bunga tezkor çek qöyiş kerak;
  15. Har qanday holatda ham – tinçlikparvar kuçlarmi, adolatparvarlar ritsarlarmi, vallomati bölsayam çetdagi harbiylar Özbekistonga kirmasligini taʼminlaş şart! Bu borada qonunçiligimiz, harbiy doktrinamizdan oğişmaslik zarur. Çunki bu mustaqillik masalasi, or va nomus masalasi.

Eng muhimi – yuqoridagi takliflar bajarilmasligi, yoki kimdir xohlayotganday amalga oşmasligi (norozilikni bildiriş huquqini saqlab qolgan holda) tartibsizlik uyuştiriş, kimningdir mulkiga tajovuz qiliş, davlat organlariga öt qöyiş vanihoyat qon tökişga asos bölmasligi ham şart. Norozilik bildiriş huquqi bölişi kerak, lekin öt yoqiş va qon tökiş heç qanaqasiga oqlanmasligi lozim.

Teglar:
×