Deputat IIVga: “Xatolarni yaşiriş emas, tan oliş va töğrilaş lozim!”

Deputat IIVga: “Xatolarni yaşiriş emas, tan oliş va töğrilaş lozim!”

Keça, 23 sentyabr kuni Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining siyosiy fraktsiyasi yiğilişida Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga Içki işlar vazirligi taşabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi muxokama kilindi. Bu haqda Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev maʼlum qildi.

Deputatning yozişiça, mazkur Qonun loyihasida Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasiga özgartiriş kiritiş taklif etilgan. Bunda, uşbu Kodeksning 54-moddasi ikkinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik, yaʼni “Epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş” borasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etib harakatlanayotgan transport vositalarini vaqtinça uşlab turiş maqsadida jarima maydoniga joylaştiriş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda.

“Bundan körinib turibdiki, amaldagi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks talablariga asosan fuqaro avtomobilini uşbu kodeksning 54-moddasi, yaʼni epidemiyaga qarşi kuraş talabini buzganlik uçun jarima maydonçasida majburiy uşlab turiş mumkin emas”, deya fikr bildirgan Ğaniyev.

IIV vakili bergan maʼlumotga köra mamlakatda karantin çeklovlari joriy etilgan muddat davomida 26 mingdan ortiq uşbu turdagi qoidabuzarliklar aniqlanib, transport vositalari jarima maydonlariga vaqtinça uşlab turiş uçun olib kirilgan.

“Taklif etilayotgan qonun loyihasining maqsadidan kelib çiqadigan bölsak, bugungi kunga qadar Içki işlar xodimlari tomonidan MJtKning 54-moddasi asosida 26 mingdan ortiq transport vositalari jarima maydonlariga noqonuniy tarzda olib kirilganligini anglatadimi? Karantin qoidalari buzilganda avtomaşina jarima maydoniga qöyilişini qonuniy deb jar solgan IIV uşbu qonun loyihasi bilan endi bu holatlarni notöğri ekanligini tan olmoqda?

Agar bunday bölmasa, xöş unda nima sababdan kodeksga özgartiriş kiritiş taklifi ilgari surilmoqda? Bu şu kunga qadar amalga oşirilgan, lekin qonuniy asosga ega bölmagan “xatoliklarni töğrilaş” uçunmi? Nima uçun bu taklif avtomobillar harakatiga doir karantin çeklovlari bekor qilingan vaqtda ilgari surilmoqda?”, degan savolni örtaga taşlagan deputat.

Taʼkidlaş joizki, favqulodda holatlar davridagi tartib qoidalar va karantin talablariga böysunmagan fuqarolarga nisbatan öz vaqtida çora körişni taʼminlaş orqali aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi va xavfsizligini taʼminlaş, fuqarolarning hayoti va soğliğini himoya qilişda şubhasiz kunu-tun, issiq va sovuqda vijdonan xizmat qilayotgan minglab vatanparvar, mard va halol Içki işlar organlari xodimlarining mehnati va örni beqiyosdur. Ularga ham oson emas, deya deputat IIO xodimlari mehnatini eʼtirof etgan.

“Modomiki, Içki işlar vazirligi mazkur Qonun loyihasida taklif etilayotgan özgartişlar ularga öz xizmat vazifalarini bajarişlari uçun muhim hisoblab, qonun darajasida tegişli huquqiy asoslar yaratiş zaruriyati bor deb bilişsa, albatta parlament ularni doim qöllab-quvvatlaydi.

Lekin qonun hujjatlari va ularning hayotga tatbiq etilişi özaro mos bölişi, birinçi navbatda, qonun ustuvorligi taʼminlanişi zarur deb hisoblayman! Şu bois, taklif qilinayotgan qonun loyihasi maʼqullanişidan oldin IIV ham öz xatosini tan olişi va bugungi kunga qadar MJtKning 54-moddasi asosida transport vositalarini jarima maydonlarida uşlab turiş ortidan fuqarolar tomonidan tölangan mablağlarini qaytarişlari eng töğri yöl böladi!”, deya vazirlikni tanqid qilgan Doniyor Ğaniyev.

×