Toşkentda "Cobalt" yukxonasidan andijonlik taksiçining jasadi topildi

Toşkentda "Cobalt" yukxonasidan andijonlik taksiçining jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonlik taksiçi Toşkent viloyatida öldirib ketilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd yetilişiça, 8 yanvar kuni Andijon viloyati, Şahrixon tumanida yaşovçi fuqaro O.Latipova tuman IIBga, 7 yanvar kuni uydan çiqib ketib, bedarak yöqolgan 30 yoşli öğli M.Otaxonovni topişda amaliy yordam sörab murojaat qilgan. Uning aytişiça, qidiruvdagi öğli “Cobalt”da asosan Andijon-Toşkent yönalişida taksi haydovçisi bölib işlagan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-suriştiruv işlari davomida M.Otaxonov 7 yanvar kuni soat 17:55 lar atrofida Şahrixon tumanidagi avtoturargohdan bir fuqarodan 11 650 AQŞ dollarini poytaxtdagi tanişiga olib borib beriş uçun olgan hamda notaniş bölgan 3 nafar yölovçilar bilan birga maşinasida Toşkent şahri yönalişida ketib, bedarak yöqolgan.

M.Otaxonovni qotillik qurboni bölişi mumkinligini tahmin qilinib, Şahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 9 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va malakali tergov-tezkor xodimlardan iborat tarkibda tuzilgan tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida M.Otaxonovning murdasi 9 yanvar kuni Toşkent şahar, Yaşnobod tumanidagi avtoturargohda “Cobalt” rusumli avtotransport vositasining yukxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni foş etişga qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 nafar gumonlanuvçi Qöqon şahar hududidan uşlangan va tergovga jalb qilingan.

Taʼkidlanişiça, jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

×