OAVda «Ğuzorda 42 yoşli erkak köçadan ölik holda topildi. Marhumning yaqinlari uning öldirilganini aytmoqda» nomli xabar çiqarilgan.
Mazkur vaziyatga Boş prokuratura eʼtibor qaratdi.
Xabarda körsatilgan holatlarga aniqlik kiritiş maqsadida Ğuzor tumani prokuraturasi tomonidan qöşimça ravişda tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekşiriş ustidan nazorat örnatilgan
Natijasi haqida xabar qilinadi.
Eslatib ötamiz, Boş prokuratura oldinroq Buxoroda 13 yoşli qiz bilan boğliq noxuş holatga izoh bergandi.









